|
Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik Pdf ko'rish
|
bet | 263/429 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 2,53 Mb. | | #228361 |
Bog'liq 642a946f5e25fBugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishda moliya-
viy tahlilning eng asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
·
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydalilik darajasiga baho
berish;
·
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalari tarkibi,
tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish;
·
biznes-rejada belgilangan foydalilik darajasiga erishilganligi va
unga ta’sir etgan omillarni o‘rganish hamda baho berish;
·
foydaning shakllanishi va ishlatilishining asoslanganligini
tekshirish;
·
foydaning ko‘paygan yoki kamayganligiga mahsulot (ish,
xizmat)lar sotishdan va boshqa faoliyatlardan erishilgan natijaning ta’sir
etishini aniqlash;
·
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yalpi foydasi va unga ta’sir
etuvchi omillarga baho berish;
·
soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan foydaning shakllanishiga va
unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;
·
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning sof foydasi va unga ta’sir
etuvchi omillarni o‘rganish hamda baho berish;
·
sof foydani ko‘paytirish yo‘nalishlarini belgilab berish;
·
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rentabellik ko‘rsatkichlarini
o‘rganish va ularga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;
·
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning umumiy rentabellik darajasini
oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishda asosiy axborot
manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
·
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning biznes-reja ma’lumotlari;
·
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning «Moliyaviy natijalar
to‘g‘risida»gi hisobot (2-shakl) ma’lumotlari;
·
buxgalteriya hisobining moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi
tegishli schot ma’lumotlari.
|
| |