Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

 
 
4.
Aylanma aktivlar rentabelligi. 
Ushbu ko‘rsatkich aylanma aktiv-
larning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda, sof foyda summasini 
xarakterlaydi. Aylanma aktivlar rentabelligi olingan sof foyda summa-
sini aylanma aktivlarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida 
aniqlanadi. 
sof foyda
R=
100 %.
aylanma aktivlar o‘rtacha yillik qiymati
´
 
5.
Jami mulk rentabelligi.
Ushbu ko‘rsatkich korxona mulkining 
foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu 
ko‘rsatkich har bir so‘mlik mulkka to‘g‘ri keladigan sof foyda sum-
masini ifodalaydi. 
sof foyda
R=
100 %.
korxona mulki jami
´
 
 
6.
O‘z mablag‘lari rentabelligi.
Ushbu ko‘rsatkich korxonaning 
o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘larning foydalilik darajasini xarak-
terlaydi. Korxona sof foydasini uning o‘zlik mablag‘lari manbayiga 
bo‘lish asosida o‘zlik kapitalining foydalilik darajasi o‘rganiladi. 
 
sof foyda
R=
100 %.
korxona o‘zlik mablag‘lari
´
 
7

Qarz mablag‘lari rentabelligi.
Ushbu ko‘rsatkich korxona sof 
foydasini qarzga olingan mablag‘lariga nisbati asosida aniqlanadi. Bu 
ko‘rsatkich har bir so‘mlik qarz mablag‘iga to‘g‘ri keladigan foyda 
summasini ifodalaydi. 
sof foyda
R=
100 %.
qarz mablag‘lari jami
´
 
8. Asosiy vositalar va moddiy aylanma mablag‘lari rentabelligi.
Ushbu ko‘rsatkich sof foyda summasini korxona asosiy vositalari va 
moddiy aylanma mablag‘lari o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida 
aniqlanadi. U har bir so‘mlik asosiy va aylanma mablag‘iga to‘g‘ri 
keladigan foyda summasini xarakterlaydi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish