ular o‘z kapitalining ko‘payishiga




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

ular o‘z kapitalining ko‘payishiga 
olib keladi
(bundan o‘z kapitali egalari tomonidan qo‘yilmalar bilan 
bog‘liq ko‘payishlar mustasno).
Daromadlar turli aktivlarning ko‘payishi ko‘rinishida yuzaga keladi; 
bular nafaqat pul mablag‘lari, balki realizatsiya qilinayotgan tovarlar va 
xizmatlarning o‘rniga olingan tovarlar va xizmatlar ham bo‘lishi 
mumkin, agar tovarlar va xizmatlar haqi xaridor tomonidan to‘liq 
to‘lanmagan bo‘lsa, bunday hollarda, debitorlik qarzlari ham bo‘lishi 
mumkin. Daromadlar, shuningdek, majburiyatlarni kamaytirish ko‘rini-
shida olinishi mumkin, bu esa korxonaning kapitaliga aktivlarning 
ko‘payishi kabi ta’sir ko‘rsatadi. Korxonaning daromadlari va xarajatlari 
hisobi, moliyaviy natijalarni shakllantirish va ulardan foydalanish 
hisobvaraqlar rejasining so‘nggi, to‘qqizinchi bo‘limida, 9000-9900-son 
hisobvaraqlarda amalga oshiriladi. 


399
Mazkur hisobvaraqlar tranzit (vaqtinchalik) hisobvaraqlardir, hiso-
bot oyining oxiriga borib ularning barchasi (bundan 92-hisobvaraq 
mustasno) yakuniy moliyaviy natijani aniqlash 9910-hisobvaraq bilan 
yopiladi, uning saldosi keyin 8710-«Hisobot davrining taqsimlangan 
foydasi (qoplanmagan zarari)» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Buxgalteriya 
hisobotida aks etgan quyidagi xarajat ma’lumotlariga e’tibor qaratil-
mog‘i lozim.
Hisobotlarda odatdagi xo‘jalik faoliyatining borishi chog‘ida yuzaga 
keluvchi xarajatlardan tashqari, kelgusida biror-bir iqtisodiy manfaat-
larni hosil qilmaydigan xarajatlardan tashkil topgan zararlar ham bo‘lishi 
mumkin. Ularga quyidagi uchala mezonlardan biriga javob beruvchi 
xarajatlar kiritiladi: 
– kelgusida ma’lum bir daromadlarni keltirib chiqarmaydigan;
– aktivlar sifatida tan olib bo‘lmaydigan (kelgusi davrlar 
daromadlari yoki oldindan to‘langan boshqa xarajatlarga o‘xshash); 
– tashkilot balansida mol-mulkning o‘sishiga kiritish mumkin 
bo‘lmagan.
Daromadlilik, foydalilik bir xil ma’noga ega emas. Ayrim iqtisodi-
yotga oid manbalarda daromadlilik, foydalilik mazmun jihatdan bir deb 
qaraladi. Masalan, korxonaning ma’lum davrdagi jami daromadi, sof 
foydasini balans aktiviga nisbati bir xilda nomlanmaydi.
100%
(
)
А
SF
Balans аktivi rentabelligi R
А
×
=
.
daromad
Аktiv daromadliligi
А
=
å
99-jadval 

Download 2,53 Mb.
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish