Sotishdan olingan yalpi foyda qanday topiladi?




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

14.
Sotishdan olingan yalpi foyda qanday topiladi? 
a) sotishdan olingan sof tushum, minus o‘zgaruvchan xarajatlar; 
b) sotishdan olingan sof tushum, minus o‘zgaruvchan va doimiy 
xarajatlar; 
d) sotishdan olingan sof tushum minus ishlab chiqarish tannarxi; 
e) sotishdan tushum, minus sotish hajmiga soliqlar (qo‘shilgan 
qiymatga soliq, aksiz, reklama va boshqa sotishlar hajmiga soliqlar). 
15.
Sotishdan ko‘rilgan foydaga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 
 
a) mahsulot sifati, sotish hajmi, mahsulot bahosi, ishlab chiqarish 
hajmi; 
b) sotilgan mahsulot hajmi, mahsulot tannarxi, sotilgan mahsulot 
tarkibidagi strukturaviy o‘zgarish; 
d) sotish hajmi, bozorning tuzilishi, mahsulotning raqobatga 
bardoshligi, ishlab chiqarish hajmi; 
e) ishlab chiqarish maromiyligi, mahsulot sifati, mahsulot 
rentabelligi, sotilmay qolgan mahsulot hajmi. 


413
 
 
 
 
XI BOB. DEBITORLIK VA KREDITORLIK 
QARZLARI TAHLILI 
11.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik 
qarzlarini o‘rganishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot 
manbalari
Debitorlik qarzlaridan tushadigan mablag‘lar ishlab chiqaruvchi 
korxonaning asosiy pul mablag‘lari manbalaridan biri hisoblanadi. Xa-
ridorlar majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasalar korxonada pul mab-
lag‘lari defitsiti kelib chiqadi, joriy faoliyatini moliyalashtirish uchun 
korxonaning aylanma aktivlarga bo‘lgan ehtiyoji oshadi, moliyaviy 
holati yomonlashadi. Bu esa o‘z navbatida korxona va xaridorlar o‘rtasi-
dagi hisob munosabatlarni o‘zgartirish, kredit va qarzlarni so‘ndirishga 
qaratilgan mos siyosatni ishlab chiqish kerakligini keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari istalgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar nazorat qi-
lish bo‘yicha asosiy e’tiborini faqatgina debirorlik qarzlariga emas, 
balki, kreditorlik qarzlariga ham qaratadi. Shuning uchun qarzlar hara-
kati ustidan qo‘yiladigan nazoratning asosiy vazifalaridan biri debitorlik 
qarzlar darajasini kreditorlik qarzlari darajasigacha oshmaydigan hajm-
gacha kamaytirish hisoblanadi.
Debitorlik qarzlari ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi qarzlar 
kechikishiga va jarima solishgacha bo‘lgan holatga yo‘l qo‘ymay, o‘z 
vaqtida so‘ndirilishini ta’minlashi kerak. 
Debitorlik qarzlari korxonada naqd pulning kamayib ketishiga olib 
keladi, bu o‘z navbatida ishlab chiqarish uzluksizligi buzilishiga sabab 
bo‘ladi. Shuning uchun debitorlik qarzlari ustidan uzluksiz nazoratni 
o‘rnatish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z vaqtida so‘ndirilmagan 
debitorlik qarzlari bo‘yicha qarzdorlarga nisbatan jazo choralari yoki 
biror-bir javobgarlikka tortish boshqaruvda muhim sanaladi.
Buxgalteriya hisobida 

Download 2,53 Mb.
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sotishdan olingan yalpi foyda qanday topiladi?

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish