• Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini o‘rganishda asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi
  • Bugungi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida korxonalarning




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet301/429
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #228361
    1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   429
    Bog'liq
    642a946f5e25f

    Bugungi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida korxonalarning 
    debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini o‘rganishda moliyaviy 
    tahlilning asosiy vazifalari: 
    • debitorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga chiqish sabablarini 
    o‘rganish; 
    • korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatiga baho berish; 
    • debitorlik va kreditorlik qarzlarini vujudga kelish muddatlari 
    bo‘yicha tasniflagan holda o‘rganish; 
    • debitorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga 
    baho berish; 
    • kreditorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishi va dinamik 
    o‘zgarishlariga baho berish; 


    416
    • debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligiga baho 
    berish; 
    • muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining mavjudligini 
    va ularni tugatish yo‘llarini o‘rganish; 
    • qarzlarni kamaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni ko‘rsatib 
    berish va hokazolardan iborat. 
    Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik 
    qarzlarini o‘rganishda asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar 
    hisoblanadi


    korxonaning «Buxgalteriya balansi» (1-shakl) ma’lumotlari; 

    «debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma»; 

    buxgalteriya hisobining debitorlik va kreditorlik qarzlarini aks 
    ettiruvchi tegishli schot ma’lumotlari. 
     
     
    11.2. Buxgalteriya balansi bo‘yicha debitorlik va kreditorlik 
    qarzlarining vujudga kelish sabablari 
     
    Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bevosita korxona bilan qar-
    shi tomon o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarda kelib chiqadigan majbu-
    riyatlardir. Bu majburiyatlar korxona bilan mol yetkazib beruvchilar 
    yoki xaridorlar o‘rtasidagi munosabatlarda, korxona bilan bank tashki-
    lotlari o‘rtasidagi, korxona bilan soliq organlari o‘rtasidagi, korxona 
    bilan ijtimoiy taminot bo‘limlari va turli jamoat tashkilotlari, shuning-
    dek, xodimlar, mulk egalari, aksionerlar va investorlar bilan bo‘ladigan 
    munosabatlarda yuzaga keladi. Ularning yuzaga kelishining asosiy sa-
    babi hisob-kitoblarda vaqtning o‘zgaruvchanligidir, ya’ni bugun ortilgan 
    mahsulot ham puli to‘langunga qadar debitorlik va kreditorlik maj-
    buriyatlar qatoriga kiritiladi. Bunda daromad va xarajatlarning yuzaga 
    chiqishi bilan ular bo‘yicha hisob-kitoblarning amalga oshishi orasida 
    farqlanish kelib chiqadi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   429




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bugungi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida korxonalarning

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish