• Debitorlik qarzi
  • «debitor» atamasi muayyan korxonadan  qarzdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsga aytiladi.  «kreditor»




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet300/429
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #228361
    1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   429
    Bog'liq
    642a946f5e25f

    «debitor»
    atamasi muayyan korxonadan 
    qarzdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsga aytiladi. 
    «kreditor»
    atamasi muayyan korxonani qarzdor qilgan jismoniy yoki yuridik 


    414
    shaxsga aytiladi. Ya’ni boshqa korxonalarning bu korxona oldida hisob-
    kitoblar bo‘yicha majburiyatlari bo‘ladi. Bunda korxona tomonidan 
    to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi 
    lozim bo‘lgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. 
    Ikki tomonlama shartnoma majburiyatlarda bir korxona ham debitor, 
    ham kreditor bo‘lishi mumkin. Masalan, tovar yetkazib berish 
    shartnomasi bo‘yicha tovarlar yetkazib berilgan bo‘lsa-yu, ularning puli 
    to‘lanmagan bo‘lsa, mahsulot yetkazib beruvchiga bu summa debitorlik 
    qarzi deb ko‘rsatiladi va u debitor, ya’ni xaridorlarga ma’lum 
    summadagi tovarlarni qarzga bergan deb hisoblanadi. Shu korxonaning 
    o‘zi mazkur tovarlarni sotib olgan korxonalar uchun kreditor bo‘ladi. 
    Xaridor sotib olingan tovar bo‘yicha mana shu qarz summasini batamom 
    to‘lab bo‘lgunicha kreditorlik qarzi deb ko‘rsatadi.
    Ø
    Debitorlik qarzi –
    korxonaning aylanmasidan chiqib qolgan 
    va boshqa jismoniy va yuridik shaxslarda turgan mablag‘laridir. 
    Korxonaning o‘z mablag‘lari yoki boshqa korxonalarning mablag‘lari 
    bu qarzlarni qoplash manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
     
    Ø
    Kreditorlik qarzi –
    boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan 
    vaqtincha jalb etilgan mablag‘lar. Ulardan shu korxonaning aylanmasida 
    vaqtincha foydalaniladi. Ularni to‘lash muddati kelganida bu mablag‘lar 
    aylanma mablag‘lar summasidan olib berilishi kerak. 
    Debitorlik va kreditorlik qarzlari korxonalar, xo‘jalik subyektlari 
    faoliyatida uchraydigan muammolardan biri hisoblanadi. Ammo, 
    debitorlik va kreditorlik qarzlarining me’yoridan oshib ketishi va to‘lov 
    muddatining 
    o‘tib 
    ketishi 
    korxonalar 
    moliyaviy 
    holatining 
    yomonlashuviga, ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarning vujudga 
    kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bular korxonalar faoliyatida salbiy 
    oqibatlarga olib kelishi bilan bir qatorda, budjetga daromad tushishini 
    kamaytiradi va mamlakat makroiqtisodiy barqarorligiga ham salbiy 
    ta’sir etadi. Shu sababli ham debitorlik va kreditorlik qarzlari muammosi 
    davlat ahamiyatidagi masala sifatida doimo davlat nazorati ostida 
    bo‘ladi. Ayniqsa, bunda muddati o‘tgan qarzlarga katta e’tibor beriladi. 
    Muddati o‘tgan qarzlar summasi o‘sishining oldini olish va ularni 
    kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunda har bir 
    korxona va tashkilot rahbariyati oldidagi masalalardan biridir. 
    Ushbu holatni hisobga oladigan bo‘lsak, xo‘jalik yurituvchi sub-
    yektlarda debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlilini to‘g‘ri tashkil etilishi 
    hamda takomillashtirilib borilishi bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy 


    415
    inqirozi davom etayotgan bir sharoitda eng dolzarb masalalardan biri 
    ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim. 
    Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisob-kitoblarning doimiy 
    yo‘ldoshi hisoblanadi. Lekin ularning to‘lov muddatining oshib ketishi 
    xo‘jalik subyektlarining moliyaviy ahvoliga katta ta’sir o‘tkazadi. Shu 
    maqsadda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini yuritishda debitorlik 
    va kreditorlik majburiyatlarini to‘g‘ri boshqarish masalasiga alohida 
    ahamiyat beriladi. 
    Muddati o‘tgan debitorlik majburiyatlarining oldini olish bevosita 
    davlat nazorati va e’tiboridagi masala ham hisoblanadi. Negaki, korxo-
    nalar va tashkilotlar o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarda majbu-
    riyatlarni tartiblash asosida davlat naqd pul muomalasini boshqarish va 
    iqtisodiy tadbirlar rejasini tuzib chiqish chora-tadbirlari belgilanadi.
    Tahlil etishning asosiy maqsadi – debitorlik va kreditorlik majbu-
    riyatlari aylanish davrini tezlashtirish asosida korxonaning moliyaviy 
    holatini yaxshilash borasida chora-tadbirlar belgilashdan iborat. 
    Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo‘yicha hisobot, ma’lumotno-
    ma har oyning 1-sanasida tuzilib, tegishli tashkilotlarga topshiriladi. 
    Ushbu ma’lumotnomadan korxonaning majburiyatlar balansini ham 
    tuzish mumkin. 
    Tahlil etishda korxonalarning muayyan davrga bo‘lgan o‘zaro debi-
    torlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga, tarkibiga, tashkil topish 
    muddatlariga, yuzaga chiqish sababalariga, debitorlik va kreditorlik 
    majburiyatlarining oqlanuvchanligiga, debitorlik va kreditorlik majburi-
    yatlari bo‘yicha dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho beriladi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   429




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «debitor» atamasi muayyan korxonadan  qarzdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsga aytiladi.  «kreditor»

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish