Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

koeff. 
Chiqib 
ketish 
koeff. 
O‘tgan yil 
76875 
8469 
4362 
80982 
0,105 
0,054 
Hisobot 
yili 
80982 
27918 
13133 
91253 
0,306 
0,144 
Farqi (+, 
–) 
+4107 
+19449 
+8771 
+10271 
+0,201 
+0,090 
 
Biz tahlil qilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vosita-
larning harakat ko‘rsatkichlari o‘zgarishining tahlili shuni ko‘rsatadiki, 
joriy davrda asosiy vositalarning yangilanish darajasi oldingi yilga 
nisbatan 0,201 koeffitsiyentga o‘sgan. Hisobdan chiqarilgan asosiy vosi-
talarning o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishi esa +0,090 koeffitsiyentga ort-
gan. Umuman olganda korxonadagi asosiy vositalarning yangilanish 
darajasini o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanganligini ijobiy baholash lo-
zim. Demak, bu korxona ma’muriyati eskirgan asosiy vositalarini yangi-
lash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rayotganligidan dalolatdir. Ammo bun-
day sur’atdagi yangilanish darajasi bugungi kun talabiga mos kelmaydi. 
Chunki fan-texnika taraqqiyoti rivojlanib borayotgan bugungi kunda 
korxona asosiy vositalarining to‘liq bir marta yangilanish davri 3-4 yil-
dan ortib ketmasligi lozim. Bunday natijalarga erishish uchun esa korxo-
na o‘z asosiy vositalarining 20-25 foizini har yili yangilab borishi kerak.
Bugungi kunda korxonalardagi asosiy vositalarning texnik holati va 
harakat ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish bilan bir qatorda
korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi darajasini hamda 
xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganligi darajasini ham tahlil 
qilib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Korxona (firma)ning asosiy 
vositalar bilan ta’minlanganlik yoki qurollanganlik darajasi, deb ishlab 
chiqarishning me’yor darajasida mehnat vositalari bilan ta’minlan-
ganligiga aytiladi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish