Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet396/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

Investitsiya 
37-chizma.
 Investitsiyalar tasnifi. 
Demak, investitsiyalarning asosiy maqsadi pul oqimlarining joriy 
qiymatini saqlab qolish hamda ular natijalaridan kutiladigan bo‘lajak 
qiymatlarni kapitallashtirishdir. 
Ular muayyan maqsadlarning kuchli va jamg‘arish funksiyalarini 


552
ta’minlaydi. Investitsiyalarga xos bo‘lgan muhim belgi - bu ularning 
muayyan vaqt davomida joriy qiymatini saqlash maqsadlarida tanlangan 
aktivlarda band qilinishi, ularning kapitallashuvi va jamg‘arilishini 
ko‘paytirish hisoblanadi. Harakatsiz kapitaldan investitsiyalar aniq va 
noaniq bo‘lgan risklar, hisob-kitob, qabul qilingan investitsiyaviy 
qarorlar asosida muayyan aktivlarga bog‘lanishiga tayyorligi bilan 
farqlanadi. Bu belgilar investitsiyalarni kapitaldan ajratib turadi. 
Shuningdek, investitsiyalar kreditlardan ham farq qiladi. Kreditlash-
da kelishuv tashabbuskori odatda qarzdor hisoblanadi, investitsiyalashda 
esa tashabbuskor investor hisoblanadi. Kreditga foiz ko‘rinishidagi 
to‘lov xos bo‘lsa, investitsiyalarni dividend, foyda, foiz, daromad, 
moddiy ne’mat, ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar ko‘rinishidagi 
natijalar kutadi. Mazkur belgilar bo‘yicha investitsiya va kredit bir-
biridan farqlanadi. 
Investitsiyalar mazmuni ularning namoyon bo‘lish shakllari orqali, 
maqsadi esa ularning asosiy funksiyasi - jamg‘arish bilan aniqlanadi. 
Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan 
mablag‘lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasini 
hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani 
olishdan iborat bo‘ladi. Ana shu belgilarga ko‘ra investitsiyalar boshqa 
qo‘yilmalardan mazmunan farq qiladi. Bularning barchasi asosida 
kapitalning harakatlanishi jarayoni yotadi. Kapitalning esa harakat qilish 
jarayoniga jalb etilishi investitsmyalar mohiyatini aks ettiradi. 
Demak, investitsiyalar aniq va noaniq, lekin ehtimol risklar ostida 
kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog‘lash bo‘lib, uning 
hozirgi qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg‘arish maqsadiga 
qaratiladi. 
1.
Ushbu fikrni eng muhim shaklda qisqacha qilib quyidagicha ifo-
dalash mumkin – agar olinadigan daromadlarning umumiy summasi 
qilinadigan xarajatlarning umumiy summasidan ortiq bo‘ladigan bo‘lsa 
investitsion qarorlarning bir necha muqobil variantlaridan eng yuqori 
rentabelligini(samaradorligini) tanlash zarur. Albatta, shu qoidaga amal 
qilib investitsion qarorlar qabul qilinayotgan paytda yana quyidagi 
jihatlarga ham e’tibor berish kerak. Qoplash muddatini, risk darajasini, 
kutilayotgan inflyatsiya sur’atlarini va soliqqa tortish istiqbollarini 
hisobga olgan holda investitsiyalarning samaradorligini aniqlash, ya’ni 
mablag‘lar sarfini bundan yaxshiroq yoki foydaliroq yo‘lini topish. 


553

Download 2,53 Mb.
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish