Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

 
 
2.6. Mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarni hisoblash usuli 
Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarni o‘rganish mutlaq miqdorlardan 
foydalanishdan boshlanadi. Misol uchun, mahsulot ishlab chiqarish 
hajmi (natural va qiymat o‘lchovlarida), tovar aylanish hajmi, mahsulot 
ishlab chiqarish tannarxi, yalpi tushum, ishchilar soni va hokazo. Mutlaq 
ko‘rsatkichlar
 
hodisa birliklarning o‘lchov, og‘irlik, hajm, davomiylik, 
maydon, qiymat va boshqa hodisalarning o‘lchamiga nisbatsiz miqdoriy 
o‘lchovini aks ettiradi, nisbiy esa
 
– kattaliklar o‘rganilayotgan hodisa va 
kattaliklarning boshqa davr yoki boshqa obyekt bo‘yicha olingan 
qandaydir boshqa hodisa yoki kattaliklarga nisbatini ifodalaydi. 
Mutlaq miqdorlarsiz tahlil ishlarini amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Iqtisodiy tahlilda mutlaq miqdorlar voqelikni bilish, tushunish, o‘qish va 
o‘rtacha hamda nisbiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda asosiy axborot 
bazasi bo‘lib foydalaniladi. Shuningdek, mutlaq o‘zgarish iqtisodiy 
tahlilda muayyan ko‘rsatkichni avvalgi davrlarga nisbatan mutlaq 
miqdordagi farqlarini ko‘rsatib beradi (15-jadval).
Nisbiy ko‘rsatkichlar bir xil tur va mazmundagi ko‘rsatkichlarni 
o‘zaro nisbatini aniqlab foiz, koeffitsiyent, indeks ko‘rinishida aks ettirib 
beradi. Ushbu usul reja bajarilishi, o‘sish sur’atlari hamda salmog‘lar 
asosida voqeliklarni tarkibiy tuzilish holati kabilarni o‘rganishda keng 
qo‘llaniladi (15-jadval). Nisbiy ko‘rsatkichlar bir kattalikni boshqasiga 
bo‘lish natijasida olinadi va u taqqoslash bazasiga qabul qilinadi. Bu 


73
reja, bazis yil, boshqa korxonaning, o‘rtacha sohaviy ma’lumotlari 
bo‘lishi mumkin. Nisbiy kattaliklar koeffitsiyentlar (baza 1) yoki foizlar 
(baza 100) shaklida ifodalanadi. 
15-jadval 

Download 2,53 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish