77
Omilli (analitik) guruhlashtirish natijaviy ko‘rsatkichga (oqibat)
ta’sir qiluvchi omil (sabab) bo‘yicha tashkil qilinadi. Bunday analitik
guruhlashtirishda voqeliklarning bir-birlariga bog‘liqliklarini o‘rganish
maqsadida ko‘rsatkichlar birinchisi ikkinchisini keltirib chiqaruvchi
taribda tuziladi, ya’ni birinchi ko‘rsatkich ikkinchi ko‘rsatkichga ta’sir
etuvchi omil, o‘z navbatida ikkinchi ko‘rsatkich birinchi ko‘rsatkich
ta’sirining natijasidir. Misol uchun, guruhdagi xodimlarning ish staji,
ularning oylik maoshini o‘zgarishiga ta’sir etadi yoki ishlab chiqarish
jarayonini texnik va texnologik jihatdan yangilash har bir ishchi tomoni-
dan ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorini oshirishga keskin ta’sir
etadi.
17-jadval