• 2.7. Iqtisodiy tahlilda o‘rtacha miqdorlardan foydalanish
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/429
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #228361
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   429
    Bog'liq
    642a946f5e25f

     
    qism
     
    va
     
    umumiy ko‘rsatkichning 
    o‘zaro nisbatini o‘zida aks ettiradi, misol uchun asosiy ishlab chiqarish 
    fondlarining aktiv va passiv qismlari, o‘z hamda qarz kapitali va 
    boshqalar. 
    Intensivlik nisbiy kattaligi biror hodisaning muhit bilan mutano-
    siblikda rivojlanishi darajasini ko‘rsatadi. Misol uchun, xodimlar va 
    ishchilar tarkibida yuqori malakali ishchilar foizini oshib borishi va shu 
    kabilar.
    Samaradorlik nisbiy kattaligi
     

     
    bu foydalilikni resurslar yoki xara-
    jatlar bilan nisbatini ifodalab beradi. Misol uchun, mahsulot sotishdan 
    olingan foydani ishlab chiqarish xarajatlarining bir birligiga to‘g‘ri 
    kelishi va hokazo. 
    2.7. Iqtisodiy tahlilda o‘rtacha miqdorlardan foydalanish
    Iqtisodiy tahlilda xususiydan umumiyga, tasodifdan qonuniyatga 
    o‘tishda mutlaq, nisbiy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda o‘rtacha 
    miqdorlar asosida voqeliklarni o‘rganish ham muhim rol o‘ynaydi, 
    chunki, ushbu usulda bir xil turdagi yalpi ya’ni ko‘p sonli iqtisodiy 
    voqeliklar matematik hisob-kitoblar bilan yagona o‘rtacha miqdorga 
    keltiriladi. Bu jarayonda bir turdagi yalpi voqeliklarni o‘ziga xos 
    xususiyati hamda jihatlariga jiddiy e’tibor qaratiladi, chunki, 
    voqeliklarni har tomondan bir xil bo‘lishi bu borada kelib chiqishi 
    mumkin bo‘lgan tasodifiy holatlarni oldini oladi. Natijada o‘rtacha 
    miqdorlarning aniqligi yanada oshadi. O‘rtacha miqdorlarni keltirib 
    chiqarishda zaruriyat yoki talabga ko‘ra turli xil hisob-kitob shakllari – 
    o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha kvadratik, o‘rtacha xronologik, o‘rtacha 
    geometrik va shu kabilardan foydalaniladi. Bir turdagi ko‘p sonli 
    voqealarni o‘rtacha miqdori va ularni o‘zgarishini bilish o‘rganilayotgan 
    iqtisodiy jarayonlar rivojlanishining umumiy yo‘nalishi hamda 
    qonuniyligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. 
    IT da turli o‘rtacha miqdorlar qo‘llaniladi. Ular quyidagilardir (16-
    jadval):


    75
    16-jadval 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   429




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish