Tovar aylanish hajmi tahlili Tovar hajmi, mln. so‘m. Ko‘rsatkichlar Reja Haqiqatda Rejadan farqi (+;-) Tovar aylanishi dinamikasiga ta’siri (+;-) Yil boshiga tovar zaxi- ralarining qoldig‘i (T yb ) 104
130
+26
+26
Yil davomida tovarlarning kirimi (T k ) 1200
1298
+98
+98
Tovarlarning yil oxiriga qoldig‘i (T yo ) 50
57
+2
-2
Tovar aylanishining hajmi (Ta) 1254
1371
+117
+117
Ba’zan balans usuli alohida omillarning natijaviy ko‘rsatkichining
o‘sishiga ta’sir kattaliklarini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Masalan, uch
omilning ikkitasini ta’siri ma’lum bo‘lsa, u holda uchinchisi ta’sirini
natijaviy ko‘rsatkichning umumiy o‘sishidan dastlabki ikki omillarning
ta’siri natijasini chiqarib tashlab aniqlash mumkin.
2.10. Iqtisodiy tahlilda grafik usuldan foydalanish Grafiklar ko‘rsatkichlar va sonlarning geometrik belgilar (chiziq-
lar, to‘g‘ri burchaklar, aylanalar) yoki shartli-badiiy figuralar yordamida
masshtabli tasvirini o‘zida aks ettiradi. Ular katta illustrativ ahamiyatga
ega. Ular vositasida o‘rganilayotgan material yanada tushunarli bo‘ladi.
Tahlilda grafiklarning analitik ahamiyati katta. Jadval materiali-
dan farqli ravishda grafik o‘rganilayotgan hodisaning holati yoki
rivojlanishiga oid umumlashma tasvir beradi. Bu bilan raqamli axborot
vositasida mavjud qonuniyatlarni ko‘rib qayd qilish imkoniyati mavjud
80
bo‘ladi. Grafikda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning tendensiyalari va
aloqa yanada ravshan kuzatiladi.
Iqtisodiy tahlilda axborotlarni grafik shakliga keltirishda asosan
diagrammalar qo‘llaniladi. O‘z shakli bo‘yicha