93
ishlari nima bilan yakunlanishi ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari iqtiso-
diy tahlil o‘tkazish dasturida quyidagilar aniq ko‘rsatilgan va belgilanib
olingan bo‘lishi lozim:
- tahlilning maqsadi va vazifasini aniqlash;
- tahlil obyektini aniqlash;
- iqtisodiy tahlil ishlarini olib borish joyi;
- tahlil mazmunini izohlash;
- ijrochilarni tarkibi va ularning vazifalarini belgilash;
- tahlil o‘tkazish muddatini belgilab olish;
- tahlil manbalari va ularni natijalarini rasmiylashtirish tartibini
aniqlab olish.
¨
Tahlil uchun kerakli bo‘lgan manbalarni aniqlash, yig‘ish
hamda hisoblanadigan ko‘rsatkichlarni belgilash bosqichi.
Ushbu
bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- tahlil uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash;
- tahlil manbalarini to‘plash;
- qo‘shimcha ma’lumotlarni jalb etish;
¨
To‘plangan ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshirish va tahlil
uchun moslashtirish bosqichi.
To‘plangan manbalarni to‘g‘riligini
tekshirish hamda ishonchliligini aniqlashdan iborat bo‘ladi va ushbu
manbalar tahlil uchun moslashtiriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda
quyidagilar aniqlanib olinadi:
- tahlil usullarini aniqlab olish;
- ma’lumotlarni soddalashtirish;
- jadval, sxema va maketlarni tuzish;
- ta’sir etuvchi faktorlarni aniqlash;
- rezervlarni aniqlash.
¨
Bevosita xo‘jalik subyektlarining barcha sohalarini belgilan-