• Iqtisodiy manbalar boshqa axborotlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi
  • Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni mazmuniga qarab




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/429
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #228361
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   429
    Bog'liq
    642a946f5e25f

    Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni mazmuniga qarab 
    quyidagi turlarga ajratish mumkin

    ¨
    Iqtisodiy ma’lumotlar. 
    ¨
    Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar. 
    ¨
    Ilmiy- texnikaviy ma’lumotlar. 
    ¨
    Tabiiy- ekologik ma’lumotlar. 
    ¨
    Tahlil jarayonida foydalaniladigan boshqa ma’lumotlar.
    Iqtisodiy ma’lumotlarni biznes-reja, turli xil axborot manbalar, 
    texnologik ma’lumotlar, operativ-texnik, me’yoriy va hisob hujjatlari 
    tashkil etadi. Bu manbalar tahlilda eng ko‘p foydalaniladi.
    Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlarga esa respublikamizda amal qila-


    95
    yotgan barcha qonunlar, me’yoriy hujjatlar va normativ aktlarda 
    rasmiylashtirilgan axborotlardan foydalanish tushuniladi.
    Ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar, eng yangi taraqqiyot, jahondagi 
    o‘zgarishlar, fan va texnika yutuqlarini o‘zida mujassam etgan axborot-
    lardir. Bu axborotlar tahlil uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Tabiiy-ekologik ma’lumotlar, tabiat, yer, iqlim va boshqa ekologik 
    omillarni mujassamlashtirgan axborotlarni iqtisodiy tahlilda muhim 
    manba sifatida o‘rganiladi.
    Boshqa manbalarga esa, iqtisodiy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, ta-
    biiy-ekologik manbalarda aks etmagan ma’lumotlar tushunilib, bunga 
    ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallardagi, radio va televi-
    deniyadagi keltirilgan axborotlardan foydalanish tahlil uchun muhimdir. 
    Ko‘plab manbalarni tahlil jarayonlarida qo‘llash ularning mazmunini 
    boyitishga, boshqaruv qarorlarini xolisona bo‘lishini va korxonalarni 
    bozor iqtisodiyoti sharoitida faol qatnashishiga imkon yaratadi. 
    Iqtisodiy manbalar boshqa axborotlardan quyidagi xususiyatlari 
    bilan ajralib turadi: 
    ·
    Hujjatlashganligi – barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar sodir 
    bo‘lishi bilan tegishli boshlang‘ich hujjatlarda qayd etiladi hamda 
    axborot sifatida rasmiylashadi.
    ·
    Turli-tumanligi – hodisa va voqealar ko‘pgina manbalarda qayd 
    etilib, hajmi, mazmuni, shakli jihatidan bir- biridan farqlanadi.
    ·
    Ommaviyligi va hajmining kengligi – ko‘pgina iqtisodiy 
    axborotlar tegishli shaklga ega bo‘lganligi, hisobot shakllarining yuqori 
    organlar tomonidan tasdiqlanilganligi ularni tushunishni, bilishni 
    osonlashtiradi. 
    ·
    Ma’lum davrlarda takrorlanib turishligi – tasdiqlangan me’yoriy 
    hujjatlar muntazam to‘lg‘azilib tegishli tashkilotlarga topshirilish ko‘zda 
    tutiladi, hisobot davrlari – choraklar, yarim hamda yillik muddatlarga 
    bo‘linib axborotlar tuziladi. 
    ·
    Qonunlashganligi va chegaralanganligi – barcha iqtisodiy 
    axborotlar davlat tashkilotlari, moliya vazirligi, makroiqtisod vazirligi 
    va soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllarga asoslanib tuziladi. 
    Bozor iqtisodi sharoitida korxonalar uchun muhim sanalgan ayrim 
    ma’lumotlar boshqalar uchun maxfiy bo‘lib, faqat egasining ruxsati 
    bilan e’lon qilinishi mumkin. 
    ·
    Ko‘p qirraliligi va sermazmunligi – iqtisodiy axborotlar miqdoriy 
    va qiymat o‘lchamlarida ko‘rsatiladi, boshlang‘ich hujjatlarda korxona 


    96
    nomi, imzo chekuvchilarning nasl-nomasi, davri va mahsulotlarning 
    turlari ko‘rsatilgan holda rasmiylashadi. 
    Iqtisodiy ma’lumotlarning aksariyat qismini hisob axborotlari tash-
    kil etib, buxgalteriya, statistika va tezkor hisoblar majmuidan iboratdir.
    Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari iqtisodiy tahlil axborotlari 
    tarkibida 70 foizdan ortiq salmoqni egallaydi.
    Tahlil uchun kerakli manbalar quyidagi talablarni bajarishi lozim: 
    1.
    Haqqoniylik va xolisonalik tamoyiliga amal qilinadi. 
    2.
    Manbalar tahlil qilinishi uchun keng imkoniyatli bo‘lmog‘i 
    lozim, ya’ni reja, hisob va statistik ma’lumotlar hodisa va jarayonlar 
    mazmunini to‘liq yoritishi, talab qilingan vazifalarni bajarishi kerak. 
    3.
    Iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbalar aniq 
    o‘lchamda aks ettirilishi lozim. 
    4.
    Barcha manbalarning umumiy birligi va uzviy bog‘liqligi saqla-
    nadi hamda ulardagi axbarotlar bir-birini to‘ldirib turishini taqozo etadi. 
    5.
    Manbalarga kiritilgan ko‘rsatkichlarni aniqlanish tamoyillari va 
    aks ettiriladigan davrlar mosligi zarurdir. 
    Yuqoridagi talablarga javob beruvchi barcha axborotlar tahlilning 
    aniq bajarilishi, sermazmun bo‘lishligiga imkon yaratadi.
    Xo‘jalik faoliyatini avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida 
    tashkil etish deyilganda, elektron hisoblash mashinalari (kompyuterlar) 
    yordamida va iqtisodiy matematik usullarni qo‘llagan holda ishlab 
    chiqarishning muhim sohalarini aniq va to‘g‘ri boshqarish vazifalarini 
    amalga oshirish maqsadida tashkil etish tushuniladi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   429




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni mazmuniga qarab

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish