92
Moliya organlari iqtisodiy tahlil jarayonida korxona va birlash-
malarning foydalilik rejasini bajarilishiga, davlat budjeti oldidagi
majburiyatlariga, korxonaning moddiy va pul resurslarini ratsional
taqsimlanishiga, o‘z – o‘zini moliyalashga va xarid quvvatiga diqqatini
qaratadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatuvchi
tijorat banklari doimiy ravishda kredit olgan korxona va birlashmalar-
ning ish faoliyatini hamda asosiy hajm va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil
qilib turishadi, korxonalarda bank kreditlarining ishlatilishini, mehnat
haqi fondini, tovar – moddiy qiymatliklar va ularni saqlanish holatini
hamda to‘lov intizomi holatini tahlil qilib turishadi.
Iqtisodiy tahlil ishlarini korxona va birlashmalar olib borishi bi-
lan bir qatorda boshqa tashkilotlar ham olib borishi mumkin: Bu-
larga:
¨
rejalashtirish tashkilotlari;
¨
ilmiy tadqiqot va loyihalashtirish institutlari;
¨
jamoat tashkilotlari;
¨
matbuot organlari kiradi.
Ichki tahlilni esa korxona va birlashmalarni ishchi xodimlari olib
boradi va ularning turli tarkibiy bo‘linmalari o‘zlariga tegishli funk-
siyalarni belgilab oladilar. Iqtisodiy tahlil ko‘p qirraliligi bilan ajralib
turadi. Korxonani hamma faoliyati sferalarida mavjud bo‘lgan rezerv-
larni izlab topish, taqsimlangan majburiyatlarni aniq bajarilishi va uni
amalga oshirishda mas’uliyatni his etish lozim bo‘ladi.
3.2. Iqtisodiy tahlilni tashkil etish va o‘tkazish bosqichlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida analitik ishlarning muvaffaqiyati ko‘p
jihatdan uni qanday tashkil etilganligiga va rejalashtirishga bog‘liq,
odatda, analitik ishlarda nafaqat korxonani boshqaruv tarkibi, balki
boshqaruvning funksional organlari, jamoatchilik a’zolari hamda mehnat
jamoasigacha qatnashishi mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy tahlilni tashkil etishning quyidagi
bosqichlari keltirib o‘tilgan:
¨