• 10. Omilli tahlil…
  • Iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil etish zaruriyati
  •  Tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/429
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #228361
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   429
    Bog'liq
    642a946f5e25f

    7. Tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri.... 
    a)
    sabab-oqibat aloqalarini o‘rganish; 
    b)
    sabab-oqibat aloqalarini o‘rganish zarur emas; 
    d) evristikani o‘rganish; 
    e) evristikani o‘rganmaslik. 
    8. Tahlilda tizimli yondashuvning asosiy xususiyati.... 
    a)
    dinamizm; 
    b)
    statika; 
    d) dogmatika;
    e) egoizm. 
    9. Tahlil instrumentariysi. 
    a)
    tahlilning texnik uslublari va usullari; 
    b)
    uslubiyat; 
    d) tamoyil; 
    e) fikrlash. 
    10. Omilli tahlil… 
    a)
    omillar ta’sirini tahlili; 
    b)
    sabablar tahlili; 
    d) masalalar tahlili; 
    e) qayta ko‘rib chiqish. 


    89
    III BOB. IQTISODIY TAHLIL ISHLARINI TASHKIL 
    ETISH VA UNING AXBOROT MANBALARI 
     
     
    3.1.
     
    Iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil etish zaruriyati
    O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti-
    ni yaratish maqsadida iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga 
    oshirmoqda. 
    Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub-
    yektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va meh-
    nat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri 
    boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi, ammo, ko‘pgina korxona va 
    tashkilotlar iqtisodiy mustaqillik hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar 
    tuzish huquqini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng xo‘jalik yuritishning yangi 
    sharoitlariga tayyor emasliklari ayon bo‘lib qoldi. 
    Bozor iqtisodiyoti sohasida boshqaruv subyektlariga faqat axbo-
    rotga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash
    to‘g‘ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini 
    oshirish maqsadida foydalanish zarur bo‘ladi. Samarali boshqarishda 
    eng muhimi axborot va undan foydalana bilishdir. 
    Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri 
    uni tahlil qilishdir. Tahlil davomida xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda 
    hamda xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan 
    foydalaniladi. 
    Tahliliy ishlarni muvaffaqiyatli, samarali o‘tkazilishi uni har 
    tomonlama o‘ylab, sinchiklab tashkil qilinishiga bog‘liq. Uni o‘tkazilishi 
    ilmiy xarakterga asoslangan va reja asosida amalga oshirilishi lozim. 
    Tahlil ishlari olib borilayotganda, u bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. 
    Ushbu bosqichlarni bosib o‘tish jarayonida har bir bosqichning mazmuni 
    oldindan aniqlanishi kerak va ularning bajarilishi ma’lum tomonlarga 
    asoslangan bo‘lishi lozim. Asoslanishi lozim bo‘lgan tomonlar esa 
    quyidagilardan iborat: 


    90
    1.
    Korxona faoliyatini tahlil qilish - boshqarishda qaror qabul qila-
    digan har bir rahbar, menejerning xizmat burchidir, bundagi asosiy 
    tamoyil bu tahlil ishlarini bajaruvchilar o‘rtasida vazifalarni aniq 
    taqsimlashdan iborat. 
    2.
    Ishlab chiqarish tarmoqlarida tahlil ishlarini tashkil qilishda eng 
    zarur tamoyillardan biri uning tejamliligi, ya’ni kam xarajat qilib yuqori 
    samaraga erishish hisoblanadi. 
    3.
    Tahlil ishlarini tashkil qilishda yana bir tamoyil uni o‘tkazishni 
    nazorat qilib borishdir. 
    Korxona iqtisodiy-moliyaviy ahvolini tahlil qilish bilan shug‘ul-
    lanayotgan har bir xodim korxonaning boshqaruv va moliyaviy hisobot 
    shakllarini erkin o‘qishni, uning moddalarini tushunishni, shuningdek, 
    xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilishi kerak. Korxonalarda 
    iqtisodiy tahlilni tashkil etish ixtiyoriylik va amaliyotdagi tajriba hamda 
    talabdan kelib chiqqan holda tahlil ishlari tashkil etiladi. Tahlilni tashkil 
    etishda o‘rganiladigan mavzularning ko‘lami va ahamiyatiga qarab 
    iqtisodchilar bilan bir qatorda korxonaning barcha mutaxassislari hamda 
    oddiy ishchisigacha ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. 
    Iqtisodiy tahlilni tashkil etishning zaruriyati hozirgi bozor iqtiso-
    diyoti sharoitida yanada ortdi, chunki har bir faoliyatning korxona uchun 
    manfaatlilik darajasini aniqlashdan, bu faoliyatning iqtisodiy nuqtayi 
    nazaridan to‘g‘ri tashkil etilganligiga baho berishdan iboratdir. Iqtisodiy 
    tahlilni korxona miqyosida to‘liq tashkil etishga bevosita javobgar bosh 
    hisobchi yoki korxona boshqaruvchisi bo‘lishi mumkin. Sherik korxo-
    nalarda esa bu masalaga bevosita korxona boshlig‘i yoki iqtisodiy masa-
    lalar bo‘yicha korxona boshlig‘ining muovini shug‘ullanishi mumkin 
    bo‘ladi. 
    Korxonalarda sex yoki brigada ma’lumotlari bo‘yicha iqtisodiy 
    tahlilni esa shu bo‘lim boshliqlari tashkil etishlari kerak bo‘ladi. 
    Viloyat, tuman yoki tarmoqlar bo‘yicha ma’lumotlarni umum-
    lashtirib iqtisodiy tahlilni o‘tkazishga istiqbolni belgilash va statistik 
    tashkilotlar yoki yuqori tashkilotlar tarkibida tashkil etilgan iqtisodiy 
    tahlil kengashi ish yuritadi. 
    Boshqaruvning hamma bo‘g‘inlarida umumiy ishlab chiqarish 
    sohasini samaradorligini oshirishda analitik ishni tashkil etish va 
    iqtisodiy tahlilni roli oshib bormoqda. Ushbu holatdan kelib chiqib 
    iqtisodiy tahlil tashqi va ichki tahlil turlariga bo‘linadi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   429




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish