94
¨
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi.
Bu bosqichda o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi va ma’lum
bir o‘zgarishlarga baho beriladi hamda tahlilga yakun yasaladi. Bundan
tashqari ushbu bosqichda ham quyidagi ishlar
amalga oshirilishi lozim
bo‘ladi:
- korxona faoliyati natijalarining o‘zgarish sabablarini aniqlash;
- korxona faoliyatini yaxshilanish rezervlarini jamlash;
- aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlarini belgilash;
- tahlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.
¨
Tahlil natijasida ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotda qo‘llash
shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tatbiq
etish bosqichi.
Mazkur bosqichda tahlil
natijasida aniqlangan
imkoniyatlarni korxona faoliyatiga qo‘llash yo‘llari ko‘rsatib
beriladi,
tavsiyalar beriladi, aniqlangan ilg‘or g‘oya
va tajribalarni amaliyotga
tatbiq etishni ko‘rsatib beradi va ularning haqiqatda kelgusida bajarilishi
nazorat qilib boriladi.
3.3. Iqtisodiy tahlil jarayonida foydalaniladigan
axborot manbalari
Korxonalarni to‘g‘ri va oqilona boshqarish
uchun turli-tuman
ma’lumotlar tizimidan foydalanish zarurki, ular orqali to‘g‘ri boshqaruv
qarorlari qabul qilinishi mumkin. Ma’lumotlar
deyilganda iqtisodiy
hodisalar, voqealar va xo‘jalik jarayonlarini tegishli manbalar orqali aks
ettirish, ularni qayta hisoblash va o‘rganish, hamda qiziquvchi tashkilot-
larga uzatish tushuniladi.