98
Texnik tekshirish,
axborot manbalarini arifmetik jihatdan to‘g‘rili-
gini, rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilinganligi va ko‘rsatkichlarning
bir-biriga mosligini e’tiborga olgan holda o‘rganishdir. Yuzaki tekshi-
rishda hisobotga barcha ma’lumotlarni kiritilganligi,
ularning arifmetik
yig‘indisi, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari va Statistika Qo‘mitasi
tomonidan tasdiqlangan hisobot shakllariga rioya qilinganligi,
hisobot
shakllarining bir-biri bilan bog‘liqligi, hisobotni topshirish muddati,
mansabdorlarning imzosi tekshiriladi.
Mazmun jihatidan tekshirish,
ma’lumotlarning haqqoniy ekanligi,
unda aks ettirilgan raqamlarning haqiqatda borligini aniqlashni o‘z ichi-
ga oladi. Bunday tekshirish buxgalteriya hisobi boshlang‘ich hujjatlarida
keltirilgan raqamlarni inventarizatsiya o‘tkazish orqali taqqoslash, sanab
ko‘rish va o‘lchash yo‘li bilan to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishdir.
Mazmun jihatidan tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
¨
Inventarizatsiya natijalari hisobotda o‘z aksini topishi.
¨
Korxona hisobot ma’lumotlaridagi budjetga to‘lovlar
va budjet
mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish summasini moliya tashkiloti
ma’lumotlariga mos kelishi.
¨
Foyda va zararlar schotiga o‘tkazilgan ko‘rsatkichlarni tekshi-
rish (ustav kapitalining o‘zgarishi, tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar, asosiy
vositalarni tugatilishi va hokazolar).
Korxonalar faoliyatini tahlil qilish davomida ko‘plab
manbalardan
foydalanishga to‘g‘ri keladi.