ular ustunli, chiziqli,  aylana, zanjirli, nuqtali, silindrik, konus, piramidali bo‘ladi. Mazmuniga  ko‘ra




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

 
ular ustunli, chiziqli, 
aylana, zanjirli, nuqtali, silindrik, konus, piramidali bo‘ladi. Mazmuniga 
ko‘ra
 
diagrammalar taqqoslash, strukturali (sektorli), dinamik, aloqa 
grafigi, nazorat grafigi tarzida farqlanadi 
Taqqoslash
 
diagrammalari
 
turli obyektlarni qandaydir ko‘rsatkich 
bo‘yicha nisbatini ko‘rsatadi. Ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun yanada 
oddiy ko‘rgazmali grafiklarlardan, ustunli va chiziqli diagrammalardan 
foydalaniladi. Ularni tuzish uchun to‘g‘ri burchakli koordinat tizimlari 
qo‘llaniladi. Ustunli
 
diagrammalarda abssissa o‘qlari barcha obyektlar 
uchun bir xil hajmda ustunlar asosiga joylashtiriladi. Konus, silindr yoki 
piramida ko‘rinishida ma’lumotlar markerlari diagrammalarga yanada 
yaxshi shakl beradi. 
Ba’zan taqqoslash diagrammalari kvadrat yoki aylana ko‘rinishida 
keltiriladi, ularning maydoni ko‘rsatkichlarning kattaligiga mutanosib 
taqsimlanadi. 
Strukturali (sektorli) diagrammalar
 
ko‘rsatkichning umumiy 
kattaligida tarkibiy qismlarning solishtirma salmog‘ini ifodalashga 
imkon beradi. Ularda ko‘rsatkichning tasviri sektorlarga ajratilgan 
geometrik figuralar (kvadrat, aylana, halqa) ko‘rinishida beriladi, 
maydoni 100 yoki 1 deb olinadi. Kattalik sektori qismlar solishtirma 
og‘irligi bilan aniqlanadi. Halqali diagramma aylanaga o‘xshash, lekin 
undan farqli o‘laroq bitta emas, balki bir nechta ma’lumotlar qatorini aks 
ettirishi mumkin. 
Tahlilda bir vaqtda hodisalarning hajmi va ularning strukturasini 
aks ettirish uchun ustunli va chiziqli diagrammalar keng qo‘llaniladi. 
Dinamika diagrammalari
 
mutanosib vaqt oralig‘ida hodisalarning 
o‘zgarishlarini aks ettirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu maqsadda gis-
togrammalar, chiziqli, figurali va boshqa grafiklar qo‘llaniladi. Ama-
liyotda chiziqli grafiklar ko‘proq qo‘llaniladi. Dinamika ushbu grafikda 
jarayonning uzluksizligini tavsiflovchi chiziqlar ko‘rinishida keltiriladi. 
Abssissa o‘qlariga davrlar, ordinata o‘qlariga – qabul qilingan 
masshtabdan kelib chiqib mutanosib vaqt kesimida ko‘rsatkichlarning 
darajasi joylanadi. 
Chiziqli grafiklar
 
(aloqa grafiklari) ham ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi 
aloqalarni o‘rganishda juda keng qo‘llaniladi. 


81
Nazorat grafiklari
 
iqtisodiy tahlilda reja bajarilib borishiga oid 
ma’lumotlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Bu holatda grafikda ikki 
chiziq bo‘ladi: har bir kun yoki boshqa vaqt kesimi uchun ko‘rsatkich-
larning rejaviy va haqiqatdagi darajasi, ular o‘zaro taqqoslandi. 
Zamonaviy kompyuter texnologiyalari ma’lumotlarni qayta 
ishlash jarayonida grafik tuzishni ancha osonlashtiradi va kontrast, 
masshtab, estetik jihatidan ularning sifatini oshiradi. Hozirgi vaqtda 
analitika vazifasi – ma’lumotlarni grafik taqdim etishning yanada qulay 
shakllarini tanlashdan iborat. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ular ustunli, chiziqli,  aylana, zanjirli, nuqtali, silindrik, konus, piramidali bo‘ladi. Mazmuniga  ko‘ra

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish