Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

4.
 
Yuqori sifatga erishish uchun tovar qanday xususiyatlarga 
ega bo‘lishi kerak? 
a)
texnik parametrlar; 
b)
estetik parametrlar; 
d) ergonomik parametrlar; 
e) barcha javoblar to‘g‘ri. 
5.
 
Bozorni xaridorligi: 
a)
mahsulot sotish hajmi, mahsulot bahosi, sotishdan kelgan tu-
shum, foyda; 
b)
sotilgan mahsulot miqdori, mahsulotning o‘rtacha bahosi, renta-
bellik darajasi, ishlab chiqarishning maromiyligi; 
d) sotish hajmi, import tovarlar hajmi, mahsulot sifati, ishlab chi-
qarish maromiyligi; 
e) eksport tovarlar hajmi, bozorni uzoq-yaqin masofada ekanligi, 
aholini xaridorligi, mahsulot sifatiga bog‘liq. 
6.
 
Kompleks tahlil deb nimaga aytiladi?
a)
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini makon va zamon nuqtayi 
nazaridan barcha tuzilmalari bilan birga batafsil tahlil etishdir; 
b)
xo‘jalik faoliyatida natijaviy omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik, 
funksional bog‘liq bo‘lmagan sharoitda, ularning bog‘liqligini 
o‘rganishga qaratilgan tahlildir; 
d) mulk egalari va mutaxassislari tomonidan ichki imkoniyatlarini 
ishga solish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan tahlildir; 
e)
noto‘g‘ri javob yo‘q. 


140

 
 
 
V BOB. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB 
CHIQARISH VA SOTISH HAJMINING TAHLILI 
 
5.1. Xo‘jalik subyektlarining mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab 
chiqarish hamda sotish jarayonlarini tahlil etishning ahamiyati va 
vazifalari 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona ishlab chiqa-
rishi ko‘zda tutgan mahsulotlar hajmi iste’molchilarning ko‘lami hamda 
korxona ichki imkoniyatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, mahsulotlar 
ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan boyliklarning chegaralanganligi 
mo‘l-ko‘l tovarlar yaratishni ham chegaralaydi. Bunday sharoitda 
korxona o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mahsulotlar 
ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri belgilay olishi muhim ahamiyatga ega. 
Korxona faoliyatini tahlili mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) 
va uni sotish tahlilidan boshlanadi, chunki ishlab chiqarish va sotish 
hajmlari faoliyat yuritishning asosiy ko‘rsatkichlaridir. Ishlab chiqaril-
gan va sotiladigan mahsulotning hajmi, assortiment, sifatiga xarajat, 
foyda va rentabellik ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Tahlil natijalari asosida 
aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlari ishlab chiqiladi, 
jumladan: 
-
mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab shakllanadi; 
-
ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqqan holda aniq hajmdagi 
mahsulot miqdori belgilanadi; 
-
ishlab chiqarish xarajatlari smetasi tuziladi; 
-
moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish, asosiy fondlar va 
ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalari shakllanadi; 
-
mehnat resurslariga talab baholanadi. 
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlari korxona tomonidan 
bozor kon’yunkturasini chuqur tahlil etgan holda mustaqil ravishda 
rejalashtiriladi. 
Mamlakatimizda oqilona va samarali iqtisodiy siyosatning ish-
lab chiqilishi va hayotga izchil ravishda tatbiq etilishi, barqaror rivojla-


141
nishni asosiy manba, omillarining to‘g‘ri tanlanishi va ularga ustuvor 
ahamiyat berilishi keyingi yillarda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’at-
larini ta’minlanishiga imkoniyat yaratmoqda. 
Korxona yaratayotgan mahsulotlarining bozorda mo‘l-ko‘lligi, 
raqobatchilarning imkoniyatlari va iste’molchilarning ixtisoslik tovarlar-
ga bo‘lgan talablarining o‘zgarib turishi ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri 
va oqilona rejalashtirishni talab etadi. Har bir korxona ishlab chiqara-
digan mahsulotlarining xaridorlari bilan joriy yil uchun shartnomaviy 
majburiyatlar tuzadilar. Bunda yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovarlar 
turi, miqdori, sifati, narxi va muddatlari tomonlar o‘rtasida kelishiladi, 
demak, mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmi iste’molchilarning talab 
va istaklariga bog‘liq bo‘ladi. 
Ichki imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda korxonadagi barcha 
mavjud boyliklardan to‘liq foydalanib, mahsulotlar ishlab chiqarish 
hajmini kerakli me’yorda, ya’ni foyda olishni to‘liq kafolatlangan 
sharoitini ta’minlashni ko‘zda tutib ishlab chiqarish tashkil etiladi. 
Mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha biznes-rejada mo‘ljallangan 
hajmni bajarilishini ta’minlash hamda yuqori sifatli, xaridorgir 
mahsulotlarni yaratilishi korxonaning bevosita muhim ko‘rsatkichlari 
bo‘lmish ishlab chiqarish tannarxi, xarajatlar hajmi, foyda va rentabellik, 
moliyaviy barqarorlik, to‘lov qobiliyati, sof pul mablag‘larining hisobot 
davri oxiriga ko‘payishini ta’minlovchi omildir. 
Boshqaruv hisobotida ishlab chiqarish ko‘rsatkichi natura va qiymat 
shakllarida aks etadi. Jami korxona bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsu-
lot, ko‘rsatilgan xizmat qiymat shaklida aks ettiriladi. Har bir korxona 
mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilangan nomenklatura, assorti-
mentda sifatli bajarishi lozim. Hozirgi sharoitda mahsulotni ishlab chi-
qarish hajmi korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va rejalashtiriladi. 
Mahsulot mo‘l-ko‘lligini ta’minlashda aholini xilma-xil tovarlar 
bilan ta’minlashda xorijiy sarmoyalarning tutgan roli katta. Xalqaro 
iqtisodiy integratsiya jarayonini kuzatar ekanmiz, rivojlanish darajasi 
qanday bo‘lishidan qat’iy nazar chet el sarmoyasi kiritilgan mamlakatlar 
iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan rivojlanib, salmoqli yutuqlarga 
erishayotganligining guvohi bo‘lamiz. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar 
ma’lumotlariga ko‘ra bir yilda qariyb 400 mlrd. AQSh dollari hajmidagi 
xorijiy sarmoya bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga, bir mintaqadan 
boshqa mintaqaga olib kiriladi.


142
Bu borada, Prezidentimiz Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 
2012-yil 19-yanvardagi 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda 
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalish-
lariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida ishlab chiqarishning o‘sish 
sur’atlari haqida to‘xtalib, jumladan shunday degan edi: 

Download 2,53 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish