200
jasini muttasil oshirib borish masalalari doimiy e’tiborimiz mar-
kazida bo‘ldi.
2011-yilda respublikamizda ish haqi
20,2 foizga,
budjet tashkilot-
lari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori
esa
26,5 foizga o‘sdi. Aholining real daromadlari yil mobaynida
23,1
foizga ortdi. Ayni paytda - shunga e’tibor berish lozimki – aholi jami
daromadlarining 47 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinmoqda.
Sir emaski, biz mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki yillaridan
boshlab ijtimoiy adolat
tamoyillarini mustahkamlash, aholining daro-
madlari va turmush sharoitida keskin tafovut bo‘lishiga yo‘l qo‘ymas-
likka katta e’tibor qaratmoqdamiz.
Keyingi o‘n yil davomida yurtimizda aholi daromadlari hajmi
8,1
barobar ortgan bir paytda, ish haqi, ijtimoiy ko‘makka
muhtoj toifa-
larning daromadlari miqdorini jadal oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash
va soliq imtiyozlari berish hisobidan aholining eng past va eng yuqori
daromadga ega bo‘lgan guruhlari o‘rtasidagi tafovut, boshqacha
aytganda, daromadlardagi farq koeffitsiyenti 21,1 barobardan 8,3
barobarga qisqardi. Aytish kerakki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
mamlakatlari va bir qator iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasida bu
koeffitsiyent eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Yurtimizda o‘tgan yillar davomida ish haqi va pensiyalarning xarid
qobiliyati izchil va barqaror o‘sgani aholining
hayot darajasi va sifati
ortib borayotganining yaqqol tasdig‘idir.
Buning isboti tariqasida quyidagi misol va raqamlarni keltirish
mumkin. Agar 1991-yilda eng kam ish haqiga Xalqaro mehnat tashkiloti
va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga muvofiq tarzda
hisoblab chiqilgan iste’mol savatchasi qiymatining faqat 8 foizini tashkil
etadigan tovar va xizmatlarni xarid qilish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, 2011-
yilda bu ko‘rsatkich iste’mol savatchasining 120 foizini tashkil etdi yoki
15 barobar o‘sdi, eng kam pensiyaning xarid qobiliyati esa 9 karra oshdi.
Ayni shu ko‘rsatkichlar 2000-yilda mos ravishda 11,0 va 3,6
barobarni tashkil etdi».
1
Respublikamizda 2012-yilning 9 oyi davomida yalpi ichki mahsu-
lot, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmi yuqori sur’atlar bilan
oldingi yillarga nisbatan o‘sdi. So‘nggi yillar davomida YaIM hajmining
o‘sish darajasi o‘rtacha 8 % dan yuqori bo‘ldi.
Mehnat unumdorligini
1
Каримов И.А. 2012 йил ватанимиз тараққиётини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади. Тошкент.
«Ўзбекистон», 2012 йил 14 б.
201
o‘sish darajasi mahsulot hajmini o‘sish darajasiga nisbatan yuqori
bo‘lishi mamlakat miqyosida katta iqtisodiy samara berdi. Xalqaro
tajribalaridan ma’lumki, shu ko‘rsatkich davlat iqtisodiyoti qudrati,
kishilar turmush farovonligi omillarini mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda yalpi ichki mahsulot,
shu jum-
ladan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi yuqori sur’atlar bilan o‘sib
borayotganligini turli o‘zgarishlar bilan bog‘lash mumkin. Masalan, turli
mulk shakllari va mazmunining o‘zgarishi, boshqaruv tizimidagi o‘zga-
rishlar, erkin iqtisodiy foaliyatning cheklanmaganligi, tashqi iqtisodiy
faoliyatga keng yo‘l ochilishi va hokazo. Mamlakatimizdagi demografik
vaziyatning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ayniqsa, mehnatga
qobiliyatli yoshlarning soni tez o‘sib bormoqda.
Shu bois ishchi
kuchlarini ish bilan ta’minlash, ishsizlik masalasini hal etish
mamlakatimizdagi eng dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolardan
biridir. Bu vazifani hal etishning eng samarali yo‘nalishlaridan biri
Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, «Kichik va o‘rta korxonalar sonini
ko‘paytirish, xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvat-
lashdan iborat. Yuqorida zikr etilgan sohalar, birinchi galda,
biz uchun
eng dolzarb bo‘lib turgan aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish
muammolarini hal etishda o‘ziga xos lokomotiv vazifasini bajaradigan
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida biz
tanlagan siyosatning mutlaqo to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlagan holda olib
borilayotganini takror va takror isbotlamoqda».
1