• Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlangan
  • Moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan samarali




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet132/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan samarali 
    foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilardir. 
    1. Mehnat unumdorligini o‘sish darajasi. 
    2. Mehnat unumdorligi hisobiga mahsulot hajmini o‘sishi. 
    3. Xodimlar sonini nisbiy kamayishi. 
    4. Mehnat haqi fondidan nisbiy iqtisod. 
    5. Mehnat unumdorligi o‘sish darajasini mehnat haqini o‘sish 
    darajasiga nisbati. 
    Mehnat resurslarini tahlil etish orqali korxonani xodimlar bilan 
    ta’minlanishi va ulardan foydalanish, ularning tarkibi, tuzilishi, kasbiy 
    mahorati, xodimlarni malakasini oshirish, ish vaqtidan foydalanish ko‘r-
    satkichlariga baho beriladi. Ayniqsa, mehnat unumdorligini oshirish 
    1
    Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-
    иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлиштиришнинг энг
    муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Mаҳкамаси мажлисидаги маърузаси.»Тошкент 
    оқшоми» газетаси 2008 й. (2 февраль) 


    202
    imkoniyatlariga ko‘proq e’tibor beriladi. Mehnat resurslari va ulardan 
    foydalanishni tahlil etishdan maqsad, mehnat unumdorligini oshirish 
    rezervlari hisobiga mahsulot hajmini o‘sishini, ish vaqtidan to‘liq foyda-
    lanish va boshqa omillar evaziga mahsulot tannarxini pasaytirishdan 
    iboratdir.
    Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik 
    yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlangan-
    ligini o‘rganishda boshqaruv tahlilining asosiy vazifalari quyida-
    gilar hisoblanadi: 
    1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’-
    minlanishi, ularning tarkibi, strukturasi o‘zgarishini mehnat unum-
    dorligiga bo‘lgan ta’sirini hisoblash va baho berish. 
    2. Ish vaqtini yo‘qotish sabablarini aniqlash va unga baho berish; 
    3. Mehnat unumdorligi rejasining bajarilishi va dinamikasiga ob-
    yektiv baho berish. 
    4. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha mavjud 
    imkoniyatlarni aniqlash. 
    5. Xodimlar qo‘nimsizligiga baho berish. 
    6. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi mehnat 
    omillarini aniqlash va ularga baho berish. 
    7. Bir xodimning mehnat unumdorligini aniqlash va uning o‘zgari-
    shiga ta’sir etuvchi omillarga baho berish. 
    8. Ish vaqtidan foydalanish va bir soatlik ish unumdorligini 
    o‘zgarishini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini o‘rganish.  

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan samarali

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish