206
Ishlab chiqarish jarayonida mehnat qiladigan
kategoriyadagi sex
uskunalarini kapital ta’mirlash, korxona boshqaruv bo‘limi, konstruktor
byurosi, yong‘indan muhofaza qilish sohasidagi xodimlar sanoat ishlab
chiqarish xodimlari deb ataladi.
Transport, uy-joy xo‘jaligi, bolalar bog‘chasi va yaslisi,
madaniy-
ma’rifiy sohalardagi xodimlar noishlab chiqarish xodimlari tarkibiga
kiradi.
Sanoat ishlab chiqarish xodimlari ishlab chiqarishdagi roliga
qarab quyidagi kategoriyadagi xodimlarga bo‘linadi:
· ishchilar;
·
xizmatchilar;
· rahbar xodimlar;
·
mutaxassislar;
· qorovullik xizmati xodimlari.
Ishchi kuchining tahlili korxonani mehnat resurslari bilan ta’minla-
nishini aniqlashdan boshlanadi. Buning uchun jami sanoat ishlab
chiqarish xodimlarini soni shu jumladan, ayrim kategoriyadagi xodimla-
ri rejasi bilan taqqoslanib xodimlarni ortiqcha, yetishmasligi aniqlanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi nafaqat
korxonani umumiy miqdorda
mehnat resurslari bilan ta’minlanishiga bog‘liq bo‘lmay, balki xodim-
larning malakaviy darajasi va kategoriyalari bo‘yicha tuzilishiga bog‘liq.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
mehnat resurslari bilan
ta’minlanganligiga baho berishda asosiy e’tibor mehnat resurslaridan
foydalanishga qaratilishi lozim. Mehnat
resurslaridan foydalanishni
quyidagi chizma yordamida ifodalab berishimiz mumkin.
51-jadval
Mehnat resurslarining tarkibi, strukturasi va dinamikasini tahlili
Hisobot yili
Mutlaq farqi (+,-)
Biznes-rejada
Haqiqatda
Ko‘rsatkichlar
O‘tgan
yili
Soni,
kishi
Salmo