207
Tahlil etishda sanoat ishlab chiqarish xodimlarini soni reja va
o‘tgan
yildagisi bilan solishtirilib, korxonaning mehnat resurslari bilan
ta’minlanishi va dinamikasi aniqlanadi. Sanoat
ishlab chiqarish xodim-
larining strukturasi tarmoq xususiyati,
mahsulot nomenklaturasi,
ixtisoslashish darajasiga bog‘liq.
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tahlil
qilinayotgan korxonada
o‘rganilayotgan davrda sanoat ishlab chiqarish sohasidagi mehnat
resurslari tarkibida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Xususan, o‘tgan
yilga nisbatan jami mehnat resurslari soni hisobot yilida 24
kishiga
kamaygan. Bunga asosan ishchilar sonining 18 kishiga, xizmatchilarning
6 kishiga, rahbar xodimlarning 4 kishiga va qorovullik xizmati xodim-
larining 2 kishiga kamayganligi ta’sir etgan.
Joriy yilda mutaxassislar
soni esa o‘tgan yilga nisbatan 6 kishiga ko‘paygan. Korxonada hisobot
yilida belgilangan biznes-rejaga nisbatan ham mehnat resurslari soni 6
kishiga kamaygan. Bunga asosan ishchilar sonining rejalashtirilganiga
nisbatan 6 kishiga, xizmatchilarning 3
kishiga kamayganligi, rahbar
xodimlar va mutaxassislarning ortishi ta’sir etgan.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki,
korxonadagi sanoat ishlab
chiqarish sohasidagi mehnat resurslarining asosiy salmog‘ini ishchilar
va xizmatchilar tashkil etmoqda. Xodimlar
tarkibida mutlaq tarkibiy
o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsada ularning umumiy tarkibdagi salmog‘ida
deyarli keskin o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Rahbar xodimlarning biznes-
rejada belgilanganiga nisbatan ortishi korxona uchun samara bermaydi.
Shu sababli korxonada bevosita ishlab chiqarish jarayonida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qatnashadigan xodimlar sonini oshirishga harakat qilishi, bu esa
samaradorlikni oshirishga olib kelishi mumkin.