218
unumdorligiga 6,905 ming so‘mga pasayishiga ta’sir etgan. Aksincha,
ikkinchi omil bo‘lmish, bir ishchining mehnat unumdorligini biznes-
rejaga nisbatan 629,4 ming so‘mga ortganligi hisobiga bitta xodimning
mehnat unumdorligi ham 463,175 ming so‘mga ortgan. Har ikkala
omilning ta’siri umumlashtirilganda, ularning natijasi ijobiy bo‘lib, bu
ko‘rsatkich 456,2 ming so‘mni tashkil qilgan.
6.7. Ishchining mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi
omillar tahlili
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalar mahsulot
ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga va uni bozorga taklif qilish
orqali ko‘proq foyda olishga intiladi. Bunday sharoitda mahsulot haj-
mini korxonani kengaytirish yoki xodimlar sonini ko‘paytirish bilan bir
qatorda, bevosita ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi ishchilarning
mehnat unumdorligini ko‘tarish orqali amalga oshirgani korxona uchun
ko‘proq samarali hisoblanadi. Shu tufayli ham har bir xo‘jalik yurituvchi
subyekt o‘z ishchilarining mehnat unumdorligini oshirish choralarini
ko‘rishga harakat qiladi hamda unumdorlikka ta’sir etuvchi omillarni
o‘rganib boradi.
Odatda, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot
hajmi quyidagi omillarga bog‘liq.
1. Bir ishchining yil davomida ishlagan o‘rtacha kishi kunlari =
(jami kishi kunlari / ishchilar soni).
2. Ish kuni davomiyligi, soat = (jami ishlangan kishi soat / jami
ishlangan kishi kunlari).
3. Ishchining bir soatlik ish unumi = (mahsulot hajmi / jami
ishlangan kishi-soat).
Tahlil etishda bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot
hajmining rejasiga, o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish sabablari va unga
ta’sir etuvchi omillar quyidagicha aniqlanadi.