221
mehnat unumdorligi 629,4 ming so‘mga ko‘tarilgan.
Ishchilarning
mehnat unumdorligini oshishida, asosan,
ishlab chiqarilgan mahsulot
hajmining o‘sishi hamda aksincha, ishchilar
sonining va bir ishchining
yil davomida ishlagan kishi kunlarining kamayganligi ijobiy ta’sirini
ko‘rsatgan. Bundan tashqari jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki,
korxonada ishchining
mehnat unumdorligini oshishiga, asosan, uchta
omil, ya’ni ish kunlarining yo‘qotilishi hisobiga 123,4 ming so‘mga
salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, ish
kuni davomiyligining biznes-
rejadagiga nisbatan 0,01 soatga uzayganligi mehnat unumini 4,5 ming
so‘mga, ishchilarning bir soatlik ish unumini 371,628 so‘mga ortganligi
ham mehnat unumini 745,9 ming so‘mga oshirgan. Har uchala omilning
ta’siriga ko‘ra bir ishchining o‘rtacha yillik mehnat unumdorligi biznes-
rejadagiga nisbatan 629,4 ming so‘mga ortishiga olib keldi. Bunday
natijalarni aksionerlik jamiyati uchun ijobiy deb baholamoq lozim.