• Mehnat unumdorligini omilli tizimi.
  • Mehnat unumdorligini o‘lchov birliklari




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet141/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Mehnat unumdorligini o‘lchov birliklari: 
    a) qiymat; 
    b) natura; 
    d) mehnat. 


    213
    Unumdorlik darajasini natura shakli aniq ifodalaydi, ammo bu 
    ko‘rsatkichni qo‘llash cheklangan. Mehnat unumdorligini ifodalovchi 
    ko‘rsatkich bu har bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik 
    mahsulotdir. 
    Bulardan tashqari ishchining bir kunlik ish unumi, ishchining bir 
    soatlik ish unumi ko‘rsatkichlari ham mehnat unumdorligini ifodalaydi. 
    Tahlil etishda bu mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlari o‘tgan yildagisi 
    bilan taqqoslanib ko‘rsatkichlarni o‘zgarish sabablari aniqlanadi. 
    Mehnat unumdorligining dinamikasi ko‘p jihatdan korxonani ishlab 
    chiqarish hajmi, xodimlar soni, ish vaqti fondi, tannarxi va hokazo 
    ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq. 
    Mehnat unumdorligini tahlil etishda ko‘rsatkichlar o‘tgan yil, 
    hisobot yilining rejasi, bir xil ixtisoslashuvga ega bo‘lgan korxonalarni 
    ma’lumotlari bilan taqqoslanib ishga solinmagan ichki imkoniyatlar 
    aniqlanadi. 
    Mehnat resurslaridan samarali foydalanishni quyidagi ko‘rsatkichlar 
    ifodalaydi: 
    - mehnat unumdorligini o‘sish sur’ati; 
    - mahsulot hajmini ortishida mehnat unumdorligi o‘sishining 
    hissasi; 
    - xodimlar sonini nisbiy qisqarishi; 
    - ish haqi fondidan nisbiy iqtisod; 
    - mehnat unumdorligining o‘sish sur’atini o‘rtacha ish haqi 
    o‘sishiga nisbati. 
    Mehnat unumdorligini o‘lchov birliklari: 
    - qiymat, natura va mehnat 
    a) qiymat shakli 
    ,
    Q
    Mu
    x
    =
    bunda Mu-mehnat unumdorligi (Bir xodimga to‘g‘ri keladigan 
    o‘rtacha mahsulot);
    Q – ishlab chiqarilgan mahsulot solishtirma ulgurji bahoda; 
    X – xodimlarni ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni. 
    b) natura
    ,
    , ,....
    ,
    Q tonna kg m
    Mu
    x
    =
    v) mehnat 
    ,
    Т
    Mu
    Q
    =
    T - mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt (kishi-kun, 
    kishi - soat) 
    Q – mahsulot miqdori (dona, kg, va h.k.) 


    214
    Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichining qiymat shakli kamchilik-
    lardan xoli emas. Masalan, sarflangan xomashyo, yoqilg‘i, energiya 
    narxlari va ta’riflari, mahsulot tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlar 
    unumdorlik darajasiga ta’sir etadi. 
    Natura shakli mehnat unumdorligini aniq ifodalaydi, ammo bu 
    o‘lchov birligi bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda
    qo‘llanilishi mumkin (ko‘mir qazish, elektr energiya, neftni qayta 
    ishlash korxonalari). 
    Mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlari: 
    - bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot; 
    - bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot; 
    - ishchini bir kunlik ish unumi; 
    - ishchini bir soatlik ish unumi. 
    Mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil etish uchun 
    ko‘rsatkichlar o‘tgan yil, hisobot yilining rejasi, bir xil ixtisosga ega 
    bo‘lgan korxona ma’lumotlari bilan taqqoslanib ishga solinmagan ichki
    imkoniyatlar aniqlanadi. 
    Mehnat unumdorligini umumiy ko‘rsatkichi - bir xodimga to‘g‘ri
    keladigan o‘rtacha yillik mahsulotdir (GVx). Bu ko‘rsatkich ishchini bir 
    kunlik, bir soatlik (ChV) ish unumlaridan tashqari, ishchini jami 
    xodimlar tarkibida tutgan ulushi (Ul), bir ishchini ishlagan kunlari (K
    va ish kuni davomiyligi (D) ga ham bog‘liq. 
    Ishchini bir soatlik ish unumini ortishi, ishchilarni ish vaqtidan 
    to‘liq unumli foydalanish bir xodimning mehnat unumdorligini oshishini 
    ta’minlaydi, demak, bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik 
    mahsulot hajmini quyidagicha ifodalash mumkin: 
    х
    GV
    Ul K D ChV
    =
    × × ×
    O‘z navbatida, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik 
    mahsulot hajmi quyidagi omillar ko‘paytmasidan hosil bo‘ladi. 
    и
    GV
    K D ChV
    = × ×
     
    Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot (GV
    x

    qisqargan shaklda quyidagi omillar ko‘paytmasidan iborat:
    х
    и
    GV
    Ul GV
    =
    ×


    215
    22-chizma. Mehnat unumdorligini omilli tizimi. 
     
    Quyida biz mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamik 
    o‘zgarishlarini jadval yordamida ifodalab o‘tamiz. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat unumdorligini o‘lchov birliklari

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish