6.3. Ish kuchi qo‘nimsizligi va ishchilarning malaka
darajasi tahlili
Ishlab chiqarish rejalarining bajarilishi sanoat ishlab chiqarish xo-
dimlari tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarga ham bog‘liq. Yil
davomida korxona xodimlari tarkibi ishga qabul qilish va bo‘shatish
hisobiga o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlar ish kuchi oboroti
koeffitsiyenti orqali ifodalanadi. Tahlil etishda kadrlarni tayyorlash va
ularning malakasini oshirish bo‘yicha belgilangan tadbirlarni bajarilishi
nazorat qilinadi. Buning uchun ishchilarni o‘rtacha razryadi aniqlanadi.
208
Xodimlarlarning qo‘nimsizligi ishlab chiqarishga salbiy ta’sir etadi.
Qo‘nimsizlik koeffitsiyentini aniqlash uchun o‘z arizasiga muvofiq
ishdan bo‘shagan va mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan ketgan
xodimlar sonining yig‘indisini xodimlarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha
soniga bo‘lish lozim. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yillar bilan taqqoslanadi va
tegishli xulosalar qilinadi.
52-jadval
Xodimlar qo‘nimsizligi tahlili
Ko‘rsatkichlar
O‘tgan yili
Hisobot yili
Farqi (+,-)
1. Ishchilarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha
soni, kishi
617
599
-18
2. Yil davomida ishga qabul qilinganlar
soni, kishi
38
39
+1
3. Yil davomida ishdan bo‘shatilganlar soni,
kishi
56
43
-13
Shu jumladan:
a) o‘z xohishiga ko‘ra
16
12
-4
b) progul va mehnat intizomini buzganligi
uchun
28
18
-10
d) o‘qishga kirganligi, nafaqaga chiqqanligi,
harbiy xizmatga chaqirilganligi sababli
12
13
+1
4. Ishga qabul qilish oboroti, % (gr2/gr1)
6,16
6,51
+0,35
5. Ishdan bo‘shatish oboroti, % (gr3/gr1)
9,08
7,18
-1,9
6. Qo‘nimsizlik koeffitsiyenti (gr3a+gr3b/1)
0,071
0,050
-0,429
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, tahlil qilinayotgan xo‘jalik
subyektida joriy yilda xodimlar qo‘nimsizligiga bir qadar barham
berilgan, ya’ni o‘tgan yili xodimlar qo‘nimsizligi 0,071 koeffitsiyentni
tashkil etgan bo‘lsa, hisobot yilida bu ko‘rsatkich 0,050 koeffitsiyentni
tashkil qildi. Qo‘nimsizlik 0,429 koeffitsiyentga pasayganligini ijobiy
baholamoq lozim. Mazkur korxonada ishdan bo‘shatish oboroti o‘tgan
yilgi 9,08 foizdan hisobot yilida 7,18 foizga qadar pasaygan. Bunday
natijalar korxonada ijtimoiy-iqtisodiy muhitning yaxshilanayotgan-
ligidan dalolatdir. Bu ko‘rsatkichlar orqali korxonada mehnatni tashkil
etish, rag‘batlantirish sistemalari talab darajasida tashkil etila
boshlanganligini ifodalaydi. Bundan tashqari korxonada mehnat
intizomi kuchayganligini ham ko‘rishimiz mumkin. Joriy yilda mehnat
intizomini buzganligi uchun ishdan bo‘shatilganlar soni o‘tgan yilga
nisbatan 10 kishiga kamayganligini uning tasdig‘i sifatida ko‘rishimiz
209
mumkin. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy hol deb baholash
lozim.
Tahlil davomida ishchilarni kasbi bo‘yicha korxonaning ta’min-
lanishini aniqlash lozim, chunki, mahsulot ishlab chiqarish, korxonani,
ishchilarning kasbini hisobga olgan holda ta’minlanishiga bog‘liq.
53-jadval
|