Jami:
x
x
355100,3
x
Ilova:
1. Mahsulot hajmi solishtirma ulgurji bahoda, ming so‘m
Reja Haqiqatda
Farqi
2198763 2553967 +355204
225
Hisob-kitoblar : 99,01 – 100 = -0,99
95,81 – 99,01 = -3,2
95,82 – 95,81 = +0,01
116,15- 95,82 = + 20,33
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, o‘rganilayotgan davrda
korxonada mahsulot hajmi biznes-rejada belgilanganiga nisbatan 355204
ming so‘mga ko‘paygan. Mahsulot hajmining ortishiga mehnat omillari
ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan, ya’ni ishchilar sonining o‘zgarishi hisobiga
21767,7 ming so‘mlik, jami ishlangan kishi kunlarining o‘zgarishi
hisobiga esa 70360,4 ming so‘mlik mahsulot yo‘qotilgan, ammo,
mahsulot hajmiga ijobiy ta’sir etgan mehnat omillari ham mavjud bo‘lib,
bulardan jami ishlangan kishi soatlarining o‘zgarishi hisobiga 219,9
ming so‘mlik, bir soatlik ish unumdorligini ortishi hisobiga esa
447008,5 ming so‘mlik mahsulot hajmini ortishiga olib kelgan. Mehnat
resurslaridan to‘liq foydalanilgan taqdirda korxonada mahsulot hajmi
qo‘shimcha yana 92128,1 ming so‘mga ortishi mumkin edi. Umuman
olganda, bunday natijalarni korxona uchun ijobiy deb baholasak bo‘ladi.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
· mehnat resurslari;
· mehnat kuchlari;
· mehnat resurslarining tarkibi va strukturasi;
· mehnat resurslarini tahlil qilishning vazifalari;
· mehnat ko‘rsatkichlari, ularni tahlil etish uslubi;
· xodimlar va ishchilar qo‘nimsizligi;
· ishga qabul qilish oboroti;
· ishdan bo‘shatish oboroti;
· qo‘nimsizlikni tahlil etish uslubi;
· ish vaqtidan foydalanish tahlili;
· mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash tartibi.
a) qiymat o‘lchovi;
b) natura o‘lchovi;
d) mehnat o‘lchovi.
· qiymat shaklida unumdorlik darajasini aniqlashning kamchi-
liklari;
226
· 1 xodimga va 1 ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot, ularni bir-
biridan farqi;
· 1 xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulotga ta’sir etuvchi
omillarni hisoblash uslubi;
· 1 ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi
omillarni hisoblash tartibi;
· mahsulot mehnat sig‘imini tahlil etish uslublari;
· mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat omillari.
|