|
Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida korxonalarning moddiy Pdf ko'rish
|
bet | 158/436 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 2,53 Mb. | | #130885 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv docErkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida korxonalarning moddiy
resurslar bilan ta’minlanganligini va ulardan samarali foydalanishni
tahlil etishda boshqaruv tahlilining eng asosiy vazifalari quyidagilar
hisoblanadi:
·
korxona, birlashmalarning zarur bo‘lgan moddiy resurslar bilan
ta’minlanganlik darajasini aniqlash;
·
moddiy resurslarni korxonaga yetkazib berish hajmini, komp-
leksliligini, sifatliligini, navini hamda maromiylik darajasini belgilash;
·
moddiy resurslarni yetkazib berish borasida korxonalararo
tuziladigan shartnomalarning o‘z vaqtida tuzilganligini aniqlash;
·
moddiy texnika ta’minoti belgilangan rejasining haqiqatga
yaqinligini tekshirish;
·
transport-tayyorlov xarajatlarini hisoblash;
·
materiallardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash
va ularni mahsulot hajmiga hamda uning tannarxiga ta’sirini miqdor
jihatdan hisoblash;
·
xomashyo, yoqilg‘i va materiallarga baho berishda foydalanil-
may qolgan ichki imkoniyatlarini aniqlash, tahlil etish va boshqalar.
Tahlil uchun zarur ma’lumotlar, moddiy texnika ta’minoti rejasi,
xomashyo va materiallar bo‘yicha tuzilgan shartnoma hamda moddiy
resurslar mavjudligi va ulardan foydalanishning statistik hisobotidan
olinadi. Korxonalarda mehnat predmetlaridan foydalanishni tahlil
etishda ularni sarflanishi bo‘yicha o‘rnatilgan me’yoriy ma’lumotlardan
ham foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Mehnat predmetlaridan samarali foydalanishga Respublikamiz hu-
kumati tomonidan ham doimo alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular qabul
qilingan normativ hujjatlarda o‘z aksini topgan. Masalan, «O‘zbekiston
Respublikasida korxonalar to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi,
«Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi
va boshqa qonunlarda, farmonlarda, qarorlarda o‘z aksini topgan.
|
| |