7.3. Korxonaning moddiy-texnika ta’minoti rejasining bajarilishi tahlili Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish davrida sanoat
korxonalariga qonun doirasida harakat qilish mustaqilligi berilgan.
Respublikamizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy-
lashtirish natijasida turlicha mulkchilikka asoslangan korxona shakllari
tashkil etilgan. Ular iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirilishi natijasida
yanada takomillashtirilmoqda. Natijada, ijara korxonalari, hissadorlik
jamiyatlari, kompaniyalari, qo‘shma korxonalar, xususiy korxonalar va
boshqalar tashkil etilmoqda. Ular talab va taklifdan kelib chiqqan holda
ko‘proq foyda olish maqsadida o‘zlarining ishlab chiqarish faoliyatlarini
qonun doirasida erkin mustaqil amalga oshirmoqdalar. Bu holat
korxonalarning moddiy texnika ta’minoti masalalarini hal etishga ham
bevosita bog‘liq.
Korxonalar ishlab chiqarishining rivojlanishini rejalashtiradilar.
Ular qisqa hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu masalalar
korxonalarning biznes-rejalarida va boshqa hujjatlarda aks ettirilgan
bo‘ladi.
Korxonalar o‘z maqsadining muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsa-
dida o‘zlarini ishlab chiqarishlar moddiy texnika resurslari bilan
ta’minlash jarayonini bajarilishiga alohida e’tibor beradilar. Buning
uchun aniqlangan, ya’ni korxona uchun zarur bo‘lgan moddiy texnika
resurslarini yangi turlari mavjudliligi hamda ular jahon bozorida taklif
qilinganligi o‘rganiladi. Korxona o‘zi uchun zarur bo‘lgan moddiy tex-
nika resurslarining yaxshilarini, ya’ni samaralisini olishga harakat qiladi.
Moddiy resurslardan samarali foydalanish va mahsulot sotish
hajmini oshirish uchun korxona xomashyo, yoqilg‘i, energiya va boshqa
resurslar bilan yetarli miqdorda ta’min etilishi kerak. Materiallarni
belgilangan miqdorda, assortimentda kelib tushmasligi, muddatlarini
uzayishi ishlab chiqarishni to‘liq quvvat bilan ishlashini ta’min etmaydi.
Shu bilan birga ortiqcha xomashyo zaxiralariga ega bo‘lish, mablag‘lar
aylanishini sekinlashtiradi, naqd pul mablag‘larini yetishmasligiga olib
keladi. Demak, moliyaviy va boshqaruv tahlilining asosiy vazifalaridan
241
biri, ishlab chiqarishni normal tashkil etish uchun korxonani optimal
miqdordagi moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan talabini aniqlashdan
iboratdir. Moddiy texnika resurslariga bo‘lgan ehtiyoj ikki manba
hisobiga qondiriladi.
1. Tashqi ta’minot.
2. Ichki ta’minot.