243
yalarni bo‘shashini ta’minlaydi. Joriy zaxiralarni optimallashtirishda
xorijiy mamlakatlarda bir qancha modellardan foydalaniladi. Ulardan
keng tarqalgani iqtisodiy jihatdan asoslangan buyurtma modeli (EOQ –
tovarlarni yetkazib berishning o‘rtacha miqdori modeli)dir. Bu
modelning asosiy maqsadi zaxiralarni xarid
etish va uni saqlash bilan
bog‘liq xarajatlarni mumkin qadar qisqartirishdan iborat. Xarajatlar ikki
guruhga bo‘lib o‘rganiladi:
1) tovarlarni tashish xarajatlari;
2) tovarlarni omborlarda saqlash xarajatlari;
Tovarlarni omborlarda saqlash xarajatlari (
sak
Z
) quyidagicha
aniqlanadi:
*
2
sak
sak
RPP
Z
S
=
n
,
RPP – kelib tushgan bir partiyadagi tovarni o‘rtacha miqdori;
sak
S
- tovar birligini saqlash xarajati.Bu formula orqali xulosa qilish
mumkinki, tovar birligini saqlash xarajati o‘zgarmagan holda jami tovar
mahsulotini omborda saqlash xarajatlari bir partiyadagi tovarni o‘rtacha
miqdorini kamaytirish hisobiga pasaytirishga erishish mumkin.
Matematik formula tarzida
EOQ quyidagicha ifodalanadi:
2*
*
jq
sak
VPP B
EOQ
S
=
,
bunda,
EOQ – tovarlarni yetkazib berishning o‘rtacha miqdori;
VPP – xomashyo va materiallarga bir yillik talab;
B
jq
– bir birlik buyurtmani joylashtirish qiymati.
Ishlab chiqarish zaxirasini (
опт
PZ
) o‘rtacha optimal miqdori quyidagi
formula orqali ifodalanadi:
2
опт
EOQ
PZ
=
Rivojlangan mamlakatlarda zaxiralar
harakatini nazorat qilish
tizimida ABC – analiz, XVZ – analiz va logistika keng tarqalgan.
ABC – analiz boshqaruv muammolari yechimini aniqlashga qaratil-
gan.
Bu nazorat turi ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot yetkazib beruv-
chilar, mahsulot guruhlari va ularni sotish bozori, iste’molchilarning
kategoriyalari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadi. Zaxiralar
harakatini nazorat qilish tizimida barcha zaxiralar uch guruhga bo‘lib
o‘rganiladi.
244
A – kategoriyasiga tegishli zaxiralar bahosi qimmat bo‘lgan buyurt-
malar bo‘lib ularni nazorat qilish doimiy tusga ega.
V – kategoriya tarkibiga operatsion
jarayonning uzluksizligini
ta’minlashda muhim bo‘lmagan tovar – moddiy qiymatliklar kiradi. Bu
guruhdagi zaxiralar har oyda bir marotaba nazorat qilinadi.
S – kategoriya tarkibiga arzon qiymatlikka ega bo‘lgan tovar
moddiy qiymatliklar kiradi. Moliyaviy natijalarni shakllanishida bu
guruhdagi zaxiralar muhim rol o‘ynamaydi. Har kvartalda bir marotaba
zaxira xarajati nazorat qilinadi.
XVZ – analizda materiallar ishlatilishi bo‘yicha
strukturaga
bo‘linadi.
X – guruhiga doimiy ishlatiladigan
materiallar, V – guruhiga mav-
sumiy, Z – guruhiga doimiy xarakterga ega bo‘lmagan materiallar
kiradi.
Zaxiralarni boshqarishda logistika asosiy rolni o‘ynaydi. U tovarlar
harakatini «mol yetkazib beruvchi – korxona – iste’molchi» sikllarini
muvofiqlashtiradi, iste’molchiga materiallar, mahsulotlarni o‘z
muddatida, sifatli yetkazib berilishini kafolatlaydi. Buning natijasida
omborda tovarlarni saqlash muddatlari qisqarishi tufayli zaxiralar
aylanishi tezlashadi, korxona faoliyati samaradorligi ortadi.