Tashqi ta’minot deganda, xomashyo birjalari, ko‘rgazmalari orqali
tuzilgan shartnomalar asosida xomashyo, yoqilg‘i va boshqa resurslarni
kelib tushishi tushuniladi.
Ichki ta’minot, ta’minot rejasining bajarilishi ichki resurslardan
unumli foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, iqtisod rejimiga rioya
qilish evaziga amalga oshiriladi.
Respublika iqtisodiyotini shakllanishida lizing kreditlarini roli katta-
dir. Lizing kreditlaridan foydalanish uchun dastlab lizing kompaniyalari
yoki lizingni amalga oshiruvchi subyektlar bilan lizing kreditlari
bo‘yicha shartnomalar tuziladi. Bunda uch tomon qatnashishi mumkin.
Lizing kreditini amalga oshiruvchi moliyaviy mablag‘ga ega
bo‘lganligi uchun moddiy – texnika resurslarini ijaraga beruvchilardan
olib ularni foydalanuvchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullanishi
mumkin. Ayrim hollarda esa moddiy texnika resurslarini to‘g‘ridan –
to‘g‘ri ijaraga beruvchilar ularni ijaraga oluvchilarga yetkazib berishlari
mumkin. Bu masalalar shartnomalarda batafsil o‘z aksini topishi zarur.
Tahlil davomida korxonani moddiy resurslar bilan ta’minlanish koeffitsiyenti aniqlanadi:
X
T
R
M
K =
;
M
Bunda, M
x
,M
r
- materiallarni haqiqiy tushumi va materiallarga bo‘lgan
talab (shartnoma).
Moddiy resurlarning me’yor zaxirasi joriy va muhofaza (har
ehtimolga qarshi) zaxiralaridan iborat.
Z
me’yor
= Z
joriy
+Z
muhofaza
Joriy zaxira yetkazib berish intervali (Int) kunda va materiallarni bir
kunlik sarflari (S
kun
) ko‘paytmasidan hosil bo‘ladi.
Z
joriy
= Int* S
kun
Muhofaza zaxiralari ishlab chiqarishni uzluksiz davom etishini
kafolatlovchi, moddiy resurlar ta’minotidagi uzilishlar ro‘y bergan hollar
uchun zarurdir.
242
Moddiy - texnika ta’minotini kompleks tahlil etishda talabni
shartnoma bo‘yicha qoplanishi va bajarilishi aniqlanadi.
61-jadval