• Mavzuning dolzarbligi.
  • Kirish asosiy qism




    Download 149,96 Kb.
    bet1/15
    Sana17.05.2024
    Hajmi149,96 Kb.
    #240235
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


    Reja:
    KIRISH


    Asosiy qism:
    1.Asosiy fondlarning mohiyati va uning korxona faoliyatidagi o’rni
    2. Korxonalarda asosiy fondlarni eskirishi, ularni baholashva ta’mirlash
    3. Korxonalarda asosiy fondlar samaradorligini oshirishning mezonlari
    va ko’rsatkichlari tasnif
    4. Asosiy fondlardan samarali foydalanish yo’llari
    Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligaga
    erishgach, mamlakat hayotida ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini (FTT) jadallashtirish, aholining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berdi va ro’y bermoqda. Bunga iqtisodiyotga kiritilgan yangi investisiyalar va mavjud moddiy- texnika asosini modernizasiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo’jalik faoliyati bilan bog’liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning iqtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanish va hokazolarning rivojlanishi ham keng imkoniyatlar yaratmoqda.
    Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “ O’zbekistonning
    jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish va mavqyeini mustahkamlashga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish siyosatini 2011 yildagi asosiy ustvor yo’nalish sifatida davom ettirishni taqozo etmoqda”1.
    Mustaqillik hamda barcha xo’jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o’tishi iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli ravishda o’zgarishiga sabab bo’ldi. Korxonalar endilikda davlatga tegishli bo’lgan paytlardagidan farqli o’laroq mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha faoliyatlarini direktiva ko’rsatkichlari asosida emas, balki O’zbekiston Respublikasi “Korxonalar to’g’risida”gi qonuni va bozor talablariga asosan mustaqil ravishda yuritmoqda. Ular o’zlariga kerak bo’lgan ishchi va xodimlar sonini mustaqil belgilamoqda, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi, tejamkorlik rejimiga rioya qilish masalalari bilan shug’ullanmoqda, zamonaviy marketing va


    1 Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga muljallangan eng muhim ustvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. // O’zbekiston ovozi. 2011 yil 22 yanvar soni.
    menedjmentni yo’lga qo’ymoqdalar hamda joriy ishlab chiqarishni
    rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar. O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi milliy iqtisodiyotimizda miqdor va sifat o’zgarishlariga sabab bo’ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish, iqtisodiyot salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga o’tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni islohot qilishning beshta muhim tamoyiliga asoslangan hamda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi
    zaruriy qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan.

    Download 149,96 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 149,96 Kb.