|
- rasm. Korxona asosiy fondlarining tarkibi
|
bet | 4/15 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 149,96 Kb. | | #240235 |
Bog'liq Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti1.1 - rasm. Korxona asosiy fondlarining tarkibi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxona asosiy fondlarining ishlab
chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo’lib, shu sababli o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazmaydi. Bular qatoriga asosan korxona balansida turuvchi turarjoy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog’chasi va yaslilar, sport-sog’lomlashtirish va boshqa obyektlar kiritiladi. Madaniy-maishiy va sog’lomlashtirish yo’nalishidagi noishlab chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish asosiy fondlari bilan foydalanish muddati, natural shaklning saqlanishi, o’z qiymatini sekin-asta yo’qotishi kabi ko’p jihatlari bilan o’xshashdir.
Korxona asosiy fondlari tarkibini quyidagi 1.1-rasm ko’rinishida aks ettirish mumkin.
Mehnat predmetiga o’tkazuvchi ta’siriga ko’ra, asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv turlarga bo’linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv turiga bino va inshoatlar, aktiv turiga esa quvvat mashina va uskunalari, ishchi mashina va uskunalar, transport vositalari, texnologik liniyalar, ya’ni biron- bir turdagi mahsulot yaratishda foydalaniluvchi mehnat qurollari kiritiladi.
Korxonaning aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlari eng harakatchan va ahamiyatli hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti davomida ko’plab korxonalarda aktiv ishlab chiqarish fondlarining salmog’i ortadi, ularning tarkibi va ko’rinishi o’zgaradi, asosiy fondlar guruh va turlarining ma’naviy eskirish tufayli almashinish sur’ati tezlashadi.
Ishlab chiqarish miqyosining o’sishi va boshqa ijobiy o’zgarishlar sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar yetmay qoladi. Bunday hollar ro’y berganda korxona shartnoma asosida o’ziga kerakli bo’lgan asosiy fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o’rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deb ataladi (ingl. Lease - ijara).
Asosiy fondlarning umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat bo’yicha o’zaro nisbati asosiy fondlarning turlar bo’yicha tuzilmasini aks ettiradi hamda
amaliyotda foizlarda o’lchanadi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari
tuzilmasining, birinchi o’rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob-uskunalarni ko’paytirishga yo’naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor bo’lishi lozim. Ularning ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo’ladi va aksincha.
Korxona asosiy fondlarining turlar bo’yicha tuzilmasi, ko’p jihatdan kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan avvaldan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Asosiy fondlarning turlar bo’yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiya qilish darajasi ham katta ta’sir o’tkazadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o’rta korxonalarga qaraganda ko’proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo’lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi.
Asosiy fondlar alohida guruhlari o’rtasidagi nisbat asosiy fondlarning qaysi guruhi uchun mablag’ sarflanishi jamiyat uchun ahmiyatsiz emas. Chunki korxonalarni ishlab – chiqarishda asosiy o’rin egalaydigan va ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini xarakterlaydigan asosiy fondlarning aktiv qismi - mashina va jihozlarning ko’payishi qiziqtiradi.
Asosiy fondlar aktiv qismining normal ishlashini ta’minlaydigan binolar, inshootlar, inventarlar asosiy fondlarning passiv qismiga kiradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatida jihozlar hissasining oshishi boshqa teng sharoitlarda ishlab chiqarishning o’sishiga va fondlar qaytimining oshishiga olib keladi.
Shuning uchun aosiy fondlar strukturasini to’g’ri tashkil etish ishlab chiqarishning o’sishiga, tannarxning pasayishiga va korxona pul mablaglarining ortishga olib keluvchi shart sifatida qaraladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasiga asosiy ta’sir qiluvchi omillar
bo’lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot xarakteri, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mexanizasiya va avtomatlashtirilganlik darajasi hamda korxonaning iqlim va geografik joylashishi va xususiyatlari hisoblanadi.
Birinchi omil binolarning qiymati va o’lchamiga, transport vositalari va o’tkazish qurilmalarining hissasiga tasir qiladi . Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi -maxsus ishchi mashina va jihozlari hissasining oshishiga olib keladi. Xuddi shunday uchinchi va to’rtinchi omillar ham asosiy fondlar tuzulishiga ta’sir ko’rsatadi. Asosiy fondlar tarkibidagi bino va inshootlar hissasi iqlim sharoiti bilan ham bogliq.
Quyidagilar asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilishining yaxshilanishga olib keladi:
uskunalarni yaxshilash va zamonaviylashtirish;
uskunalar xususan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan stanoklar, avtomatlashtirilgan va yarim avtomatlashtirilgan stanoklar, universal va murakkab stanoklar, avtomatik liniyalar hamda hisoblash dasturlash stanoklari tuzilishini takomillashtirish;
bino va inshootlardan optimal foydalanish, bo’sh turgan joylarga qo’shimcha uskunalar o’rnatish;
korxonaning qurilish loyihalarini to’g’ri tuzish va qurilish rejasini sifatli qilib amalga oshirish;
ortiqcha va kam foydalaniladigan uskunalarni tugatish.
Asosiy fondlarni hisobga olish va rejalashtirish natural va pul shaklida olib boriladi. Asosiy fondlarni baholashdan oldin mashinalar soni, ularning unumdorligi, quvvati, ishlab chiqarish maydonining o’lchami va boshqa natural shakldagi miqdoriy ko’rsatkichlar aniqlanadi. Bu ma’lumotlar tarmoq va korxona ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda, ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda, uskunalar balansini tuzishda foydalaniladi. Ushbu ko’rsatkichlar asosida uskunalar
«Korxona iqtisodiyoti»ga ekspluatasiya qilinayotgan asosiy fondlarning yoshi, birinchi o’rinda mashina va asbob-uskunalarning yoshi katta ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo’yicha guruhlashda taxminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va uskunalarning ekspluatasiya muddati qanchalik yuqori bo’lsa, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari shunchalik past bo’ladi, mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib qolish va talofatlar ko’payadi hamda aksincha. Bundan tashqari, korxona asbob-uskunalaridan uzoq vaqt mobaynida foydalanilganida ta’mirlash uchun ham ko’p xarajatlar sarflanadi.
|
| |