3.Korxonalarda asosiy fondlar samaradorligini oshirishning mezonlari va ko’rsatkichlari tavsifi va tasnifi
Korxona ish samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri bo’lib, ularning kerakli hajmlarda va assortimentdagi asosiy fondlar bilan ta’minlanganligi, ularning aylanishini tezlashtirish va ulardan to’liq foydalanish hisoblanadi.
Korxonalarda asosiy fondlar samaradorligini aniqlovchi ko’rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Fondlar qaytimi - asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning umumlashtirilgan ko’rsatkichi. U ko’rsatilgan xizmat qiymatining asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rta yillik qiymatiga (asosiy kapital rentabelligi) nisbati sifatida aniqlanadi.
Tush.x
Fq = ;
Kaf
bu yerda: Fq - fondlar qaytimi;
Kaf - asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rta yillik qiymati.
Fondlar qaytimining oshishi servis tashkiloti moliyaviy natijalarining yaxshilanishidan dalolat beradi va asosiy kapitalga nisbatan siyosat to’g’ri yo’nalishda olib borilayotganligini ko’rsatadi. Fondlar qaytimining oshishi asosiy ishlab chiqarish fondlarining nisbiy tejamiga va ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmining oshishiga olib keladi.
Asosiy fondlardan foydalanish samarali bo’lib hisoblanadi, qachonki ko’rsatilayotgan xizmatlar yoki foydaning nisbiy qo’shimcha o’sishi, tahlil qilinayotgan davrda asosiy fondlar qiymatining nisbatan qo’shimcha o’sishidan yuqori bo’lsa.
Ko’rsatilayotgan xizmatlarning fondlar qaytimi oshishi hisobiga qo’shimcha o’sish hissasi qo’yidagicha aniqlanadi:
X = (Fq1 – Fq0) Kaf1;
Bu yerda: X - xizmatlarning qo’shimcha o’sishi.
Fq1 - hisobot davridagi fondlar qaytimi. Fq0 - o’tgan davrdagi fondlar qaytimi.
Kaf1 - asosiy ishlab chiqarish fondlarining joriy davrdagi o’rta yillik qiymati.
tushumga to’g’ri keladigan asosiy fondlar miqdorini tavsiflaydi:
Kaf FS = ;
Tush.x
Fondlar bilan qurollanish - servis tashkilotida ishlovchi har bir odamga to’g’ri keladigan asosiy fondlar miqdorini tavsiflovchi ko’rsatkich.
Kaf Fq = ;
Is
Bu yerda Is - tashkilotning o’rta yillik ishlovchilar soni.
Asosiy fondlar tuzilishining, texnik darajasining mahsulot ishlab chiqarishning oshishiga, mahsulot tannarxining kamayishiga ta’siri ulardan foydalanish darajasiga bogliq.
Asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlarini quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin:
asosiy fondlardan ekstensiv foydalanish ko’rsatkichlari. Bu ko’rsatkichlar muddat bo’yicha ulardan foydalanish darajasini ifodalaydi.
asosiy fondlardan intensiv foydalanish ko’rsatkichlari. Bu ko’rsatkichlar ularning quvvatidan foydalanish darajasini ifodalaydi.
asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish ko’rsatkichlari. Bu ko’rsatkichlar barcha omillar - ekstensiv va intensiv omillar ta’sirini ifodalaydi. Birinchi guruh ko’rsatkichlariga uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffisiyenti, uskunalardan foydalanishning smenalilik koeffisiyenti,
uskunalarning ish bilan ta’minlanganlik koeffisiyenti, uskuna ishlash vaqti
rejimining smenali koeffisiyenti.
Uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffisiyenti uskunalardan haqiqatda foydalanilgan soatlar miqdorini rejadagi soatlar miqdoriga bo’lish yo’li bilan topiladi:
Kekst=thaq.f. / tmeyer.f.;
Bunda: thak.f. - uskunalardan haqiqiy foydlanilgan vaqt, soat;
tmeyer.f. - uskunalarning norma bo’yicha ishlash muddati, soat.
Uskunlardan ekstensiv foydalanish smenalik koeffisiyenti ko’rsatkichi bilan ham tavsiflanadi. Bu ko’rsatkich kun mobaynida, barcha smenalarda ishlatilgan uskunalar miqdorini eng katta smenada ishlatiladigan stanoklar miqdoriga bo’lish bilan aniqlanadi.
Korxonalarda smenalilik koeffiisentini oshirishga intilish kerak, chunki u qanchalik yuqori bo’lsa, mahsulot ishlab chiqarish ham ortadi.
Uskunalar ishining smenaliligini oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilar:
ishchi o’rinlarining ixtisoslashganlik darajasini oshirish. Bu ishlab chiqarishning seriyaliligini va uskunalarning ish bilan ta’minlanganligini oshiradi;
ishlarning ritmligini oshirish;
bekor turib qolishlarni kamaytirish;
ta’mirlash ishlarini samarali yo’lga qo’yish;
asosiy va maxsus yordamchi ishchilar mehnatini mexanizasiyalash. Bu qo’shimcha ishchi kuchini ozod qilish va ularni ogir yordamchi ishlarga yoki uchinchi smenaga o’tkazish imkonini beradi.
Uskunalarning ish bilan ta’minlanganlik koeffisiyenti ham uskunalardan
vaqt bo’yicha foydalanishni xarakterlaydi. Bu ko’rsatkich asosiy ishlab chiqarishdagi jami mashina parklari uchun hisoblanadi. Bu ko’rsatkich mavjud uskunalar bilan barcha mahsulotlarni tayyorlash mehnat sigimining uning ishlash vaqti fondiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Uskunalar ishining smenalik ko’rsatkichi asosida uskuna ishlash vaqti rejimning smenalik foydalanishi koeffisiyenti ham hisoblanadi. Bu ko’rsatkich uskunalar ishining smenalik koefisiyentini ushbu korxonada o’rnatilgan smenaning davomiylik vaqtiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Biroq uskunalardan foydalanish jarayonining boshqa tomonlari ham bor. Smena orasida vaqtincha kun mobaynida bekor turib qolishlarni bilishdan tashqari uskunalardan haqiqiatdan ish bilan ta’minlangan vaqtlarida qanchalik darajada samarali foydalanilayotganligini ham aniqlash kerak. Uskunalar to’liq ish bilan ta’minlanmagan paytda umuman mahsulot chiqarmasligi mumkin. Bunday hollarda biz uskunalardan ekstensiv foydalanish ko’rsatkichlarini hisoblash bilan cheklansak yuqori natija olganday bo’lamiz. Lekin yuqorida ko’rganimizdek, uskunalardan samarali foydalanish samaradorligi haqida to’liq xulosa chiqarishga kifoya qilmaydi.
Olingan natijalarni ikkinchi guruxga taalluqli bo’lgan, asosiy fondlar unumdorligi aks ettiruvchi asosiy fondlardan intensiv foydalanish ko’rsatkichlari bilan boyitish kerak. Bularning ichida eng muhim uskunalardan intensiv foydalanish koeffisiyenti ko’rsatkichidir.
Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun asosiy texnik uskunalar haqiqiy unumdorligini uning normtivdagi unumdorligiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Buni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Kint= Vh / Vmeyoriy ;
Bunda: Vhaqiqiy – uskunalar bilan vaqt birligi ichida haqiqatdagi
mahsulot ishlab chiqarish;
.Vmeyoriy – uskunalar bilan vaqt birligi ichida texnik asoslangan mahsulot ishlab chiqarish.
Asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlarining uchunchi guruxiga:
uskunalardan integral foydalanish koeffisiyenti;
ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffisiyenti;
mahsulotlarning fondlar qaytimi va fondlar sigimi ko’rsatkichlari kiradi.
Uskunalardan integral foydalanish koeffisiyenti uskunalardan ekstensiv va intensiv foydalanish koeffisiyentlari ko’paytmasi sifatida aniqlanadi. Bu ko’rsatkich uskunalardan foydalanishni vaqt va quvvati bo’yicha tavsiflaydi.
Bu ko’rsatkich uskunalardan ham ekstensiv ham intensiv foydalanishdagi kamchiliklarni birgalikda aniqlaydi. Asosiy fondlardan samarali foydalanish ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib keladi. Shuning uchun asosiy fondlar samaradorligi ko’rsatkichini aniqlashda mahsulot ishlab chiqarilishida qatnashgan barcha asosiy fondlar qiymatini hisobga olish lozim. Bu ko’rsatkich asosiy fondlarning 1 so’miga qancha ishlab chiqarilgan mahsulot to’gri kelishini, ya’ni fondlar qatimini ifodalaydi. Uni hisoblash quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi:
Fqaytim= T / F;
Bunda: T – tovar yoki yalpi, yoki sotilgan mahsulot hajmi, so’m; F – korxonaning yillik o’rtacha asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati, so’m.
|
Fondlar qaytimini oshiruvchi omillar
|
|
|