|
Kirish asosiy qism
|
bet | 2/15 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 149,96 Kb. | | #240235 |
Bog'liq Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universitetiKurs ishining maqsadi – Iqtisodiyotni modernizasiyalash jarayonida korxonalarda asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda malakaviy bitiruv ishining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
asosiy fondlarning mohiyati va uning korxona faoliyatidagi o’rnini aniqlash;
korxonalarda asosiy fondlarni eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash usullarini aniqlash;
korxonalarda asosiy fondlar samaradorligini oshirishning mezonlari va ko’rsatkichlari tasniflash;
“Samgeoltexservis” MChJning faoliyatini iqtisodiy jihatdan tavsiflash ;
“Samgeoltexservis” MChJning asosiy fondlari holatini tahlil etish;
“Samgeoltexservis” MChJning asosiy fondlaridan foydalanish samaradorligini tahlil etish;
asosiy fondlardan samarali foydalanish yo’llari bo’yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot predmeti – “Samgeoltexservis” MChJning xo’jalik faoliyatida amalga oshadigan iqtisodiy munosabatlar.
Malakaviy bitiruv ishining nazariy va metodologik asosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo’nalishdagi bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li va bozor iqtisodiyotiga oid asarlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bozor munosabatlarini rivojlantirish hamda ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish haqidagi qarorlari hamda xorijlik va vatanimiz olimlari olib borgan ilmiy ishlar xizmat qildi.
Mazkur ishda quyidagi usullardan foydalanildi: iqtisodiy-statistik tahlil, taqqoslash, sosiologik so’rov, analitik tahlil va boshqalar.
Kurs ishining ishining tuzilishi: kirish, ikkita bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
|
| |