|
-rasm. Korxona asosiy fondlarini baholashning turlari
|
bet | 6/15 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 149,96 Kb. | | #240235 |
Bog'liq Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti 1.2-rasm. Korxona asosiy fondlarini baholashning turlari.
Qoldiq qiymati bo’yicha - asosiy fondlarning eskirishini inobatga olgan holda, birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o’rtasidagi farq ko’rinishidagi baholashdir. Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy fondlarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga hali o’tkazilmagan qismidir. Korxonalar tomonidan foydalanilmaydigan hamda hisobdan chiqarish yoki sotib yuborish mo’ljallangan asosiy fondlar ham, ko’pincha qoldiq qiymati bo’yicha, mazkur xo’jalik yilidagi narxlarda baholanadi.
Korxona asosiy fondlarini baholashning turlarini quyidagi rasm ko’rinishda aks ettirish mumkin:
Iqtisodiyotning globallashuvi hamda hisob va hisobotlarning mukammallashuvi, jumladan, milliy hisob standartlarining jahon standartlari talablari darajasiga keltirilishi tufayli, garchi asosiy vositalar, asosiy fondlarning pul ko’rinishidagi ifodasi sifatida avvaldan qo’llanib kelgan bo’lsada, hayotimizga “asosiy kapital”, “asosiy vositalar” kabi atamalar endilikda keng ravishda kirib kelmoqda.
Hozirigi kunda amaliyotda asosiy vositalarning korxona balansi va hisobotlarida aks ettiriluvchi (ya’ni, boshlang’ich, belgilangan tartibda o’tkaziluvchi qayta baholashdan keyin esa tiklanish), hisobga olish qiymati balans qiymati deb ataladi. Bundan asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalarning balans qiymatidan eskirish summasini ayirib tashlash yordamida topish mumkinligi anglashaladi.
Qabul qilingan baholash usuli va korxona balansida aks ettiriluvchi buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida, korxona asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati (Fsr) belgilanadi.
Asosiy fondlarni boshlang’ich yoki tiklanish qiymati bo’yicha baholashdan tashqari eskirish summasi ham hisobga olinadi. Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin.
chiqarishda foydalanish va tabiiy eskirish natijasida yo’qotishdan yuzaga keladi. U asosan bir xilda kechmaydi hamda ko’p jihatdan iqlimning ta’siri, asosiy fondlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish, jumladan, xodimlarning malakasiga ham bog’liq bo’ladi.
Jismoniy eskirishni (IF) quyidagi formula asosida hisoblab topish mumkin:
ИФ Тф
Тн
100;
yoki
ИФ
И 100.
Пс
Bu yerda:
T f - asosiy fondlarning haqiqiy xizmat qiluvchi muddati;
T n - asosiy fondlar xizmat qilishi kerak bo’lgan normativ muddat; I - hisoblangan amortizasiya summasi (eskirish summasi);
P s – asosiy fondlarning boshlang’ich(qayta tashkil qilish) qiymati.
|
| |