Kirish asosiy qism




Download 149,96 Kb.
bet8/15
Sana17.05.2024
Hajmi149,96 Kb.
#240235
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

O’rtacha ta’mirlash texnik mazmuni, murakkabligi, bajariladigan ish hajmi va davriyligiga ko’ra, kapital ta’mirlashdan farq qiladi hamda sarflanuvchi mablag’, vaqt va kuchni nisbatan kamroq talab etadi. Joriy ta’mirlash kabi u ham mashina yoki uskunadan foydalanuvchi korxonaning o’zida amalga oshirilishi mumkin.
1.4-rasm. Korxona asosiy fondlarini qayta ishlab chiqarish

bosqichlari


Asosiy fondlarni yaratish
Korxona














Joriy ta’mirlashda asosan asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi, tekshiriladi, mayda kamchiliklari bartaraf qilinadi, ya’ni uskunalarning foydalanishga doimiy tayyorligi ta’minlanadi.
Asosiy fondlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish majmuasi rejali- oldini oluvchi ta’mirlash tizimiga (ROOT) birlashtiriladi va korxona bosh mexanigi tomonidan boshqariladi. Deyarli har bir korxonada ROOT o’tkazilishini qayd qilish jurnallari mavjud bo’lib, ularda profilaktika va ta’mirlash tadbirlarini o’tkazish tartibi va grafigi belgilab qo’yiladi.
Ta’mirlash ishlari tufayli korxona asosiy fondlarning joriy ekspluatasiyaga tayyorligini ta’minlaydi. Biroq shu bilan bir qatorda korxona asosiy fondlarni yaratish, foydalanish, amortizasiya, qayta tiklash kabi bosqichlarni o’z ichiga oluvchi takror ishlab chiqarish amallarini doimiy ravishda bajarishga intilishi lozim. Bu bosqichlarni quyidagi chizma yordamida aks ettirish mumkin (1.4 - rasm).
Takror ishlab chiqarish siklida asosiy fondlarni yaratish jarayoni korxonadan tashqarida amalga oshiriladi hamda asosan qurilish sohasi, mashinasozlik, asbobsozlik hamda asosiy fondlarni yaratish bilan shug’ullanuvchi boshqa sohalar bilan bog’liq bo’ladi. Asosiy vositalarni takror ishlab chiqarishning qolgan bosqichlari korxona hududida amalga oshiriladi. Biroq barcha hollarda ham asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish tufayli korxonalar ishlab chiqarishni sharoitlarida iqtisodiy va texnik barqarorlikka erishishlarini ta’minlaydi.



Download 149,96 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 149,96 Kb.