• Material sig‘imining omilli tahlili tuzilishi
  •  Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet159/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    7.2. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish 
    samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi 
    Korxonalarda moddiy resurslardan to‘liq, bir me’yorda hamda 
    samarali foydalanganlik darajasini tahlil etish uchun shu holatlarni 
    ifodalaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur:


    238
    a) Shu jumladan, asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik hamda 
    aylanma fondlar va mablag‘lar bilan ta’minlanganlik darajasi hisob-
    lanadi. Bu ko‘rsatkichlarni moddiy resurslarni alohida-alohida turlari 
    bo‘yicha ham hisoblash mumkin. Masalan, stanoklar, xomashyo, elektr 
    energiya, yoqilg‘i va boshqa moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini 
    aniqlash mumkin. 
    b) Moddiy resurslardan foydalanishning to‘liqliligini, asosan, 
    korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi isbotlaydi. 
    d) Sanoat korxonalarida mehnatni moddiy resurslar bilan ta’min-
    langanlik darajasini jami moddiy resurslar qiymatini korxonada mavjud 
    bo‘lgan ishchi va xizmatchilar soniga taqsimlash natijasida aniqlash 
    mumkin. Bu ko‘rsatkichni yanada aniqlashtirish maqsadida moddiy 
    resurslar qiymatini faqatgina ishchilar soniga taqsimlash natijasida ham 
    aniqlash mumkin, alohida asosiy fondlar bilan qurollanganlik hamda 
    aylanma fondlar bilan ta’minganlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham 
    aniqlash mumkin. 
    e) Moddiy resurslardan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini 
    korxonalardagi fondlar qaytimi hamda fondlar sig‘imi isbotlaydi. 
    Fondlar qaytimini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab 
    chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatini asosiy 
    fondlarning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Fondlar 
    qaytimining iqtisodiy mohiyati korxonaning har ming so‘mlik asosiy 
    fondlariga to‘g‘ri keladigan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotini 
    ko‘rsatkichi hisoblanadi.
    Asosiy fondlardan samarali foydalanishni ko‘rsatuvchi keyingi 
    ko‘rsatkich fond sig‘imi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichni hisoblash 
    uchun korxonadagi mavjud bo‘lgan asosiy vositalarning yillik o‘rtacha 
    qiymati yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar 
    mahsuloti qiymatlariga taqsimlanadi. Fondlar sig‘imining iqtisodiy 
    mohiyati korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot 
    yoki tovar mahsulotining har ming so‘miga to‘g‘ri keladigan asosiy 
    fondlarning qiymati hisoblanadi. 
    Materiallardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlarini mate-
    rial qaytimi va material sig‘imi ko‘rsatkichlari ifodalaydi. Material qayt-
    imi ko‘rsatkichini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqa-
    rilgan tovar mahsuloti qiymati material xarajatlar qiymatiga taqsimla-
    nadi. Material sig‘imi ko‘rsatkichi buning aksi bo‘lib, material xarajatlar 
    qiymatini korxonaning yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti 
    qiymatiga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Buni tavsiflaydigan bo‘lsak, 
    ushbu, ko‘rsatkich korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan tovar 


    239
    mahsulotining har bir so‘miga qancha material xarajatlari sarflan-
    ganligini ko‘rsatadi.
    Materiallar xarajati koeffitsiyenti - haqiqiy sarflangan materiallar 
    xarajatini biznes-rejadagisi haqiqiy ishlab chiqarish hajmiga 
    korrektirovka qilingan ko‘rsatkichga nisbatini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich 
    ishlab chiqarish jarayonida materiallar sarfidan iqtisod (yoki ortiqcha 
    sarf)ga erishganligini ifodalaydi. Bu koeffitsiyent 1 dan katta bo‘lsa 
    moddiy resurslardan samarali foydalanilganligini bilish mumkin. 
    24-chizma. Material sig‘imining omilli tahlili tuzilishi
    Material sig‘imini alohida ko‘rsatkichlari moddiy resurslarning 
    ayrim turlaridan samarali foydalanishni xarakterlaydi. Ular qatoriga 
    yoqilg‘i sig‘imi, material sig‘imi, xomashyo sig‘imi kabi ko‘rsat-
    kichlarni kiritish mumkin, odatda, material sig‘imini o‘zgarishiga bir 
    Mahsulot material sig‘imi 
    Materiallar xarajati 
    Ishlab chiqarilgan mahsulot 
    qiymati 
    Mahsulot ishlab 
    chiqarish hajmi 
    Mahsulot strukturasi 
    Mahsulot bahosi 
    Ishlab chiqarish hajmi 
    Mahsulot strukturasi 
    Mahsulot birligi uchun 
    materiallar sarfi 
    Materiallar bahosi 
    Xomashyo va 
    materiallar 
    Ishlab chiqarish 
    texnologiyasi 
    Ishchilar malakasi 
    Ishlab chiqarish 
    Xomashyo va 
    materiallar 
    Xomashyo bozori 
    Inflatsiya 
    Xomashyo me’yori 
    Yuk tashish 
    masofasi 
    Transport turi 
    Transport 
    xizmati ta’rifi 
    Transport tayyorlov 
    Chiqindi va hokazo 


    240
    qator omillar ta’sir etadi. Material sig‘imining omilli tahlilining 
    tuzilishini quyidagi chizma ko‘rinishida berishimiz mumkin bo‘ladi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish