234
VII BOB. MODDIY RESURSLAR BILAN
TA’MINLANGANLIK VA ULARDAN SAMARALI
FOYDALANISHNING TAHLILI
7.1. Xo‘jalik subyektlarining moddiy resurslar bilan
ta’minlanganligini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va
axborot manbalari
Korxonani to‘liq hajmda xomashyo va assortimentdagi boshqa ma-
teriallar bilan ta’minlanishi va ulardan samarali foydalanish tufayli mah-
sulot hajmi, foyda va rentabelligi ortadi, mahsulot tannarxi pasayadi.
Buning aksi bo‘lgan hollarda esa ishlab chiqarish izdan chiqadi,
maromdan chetlashiladi, ayrim hollarda ishlab chiqarish to‘xtab qoladi.
Xomashyo, yoqilg‘i, energiya va boshqa mehnat predmetlariga bo‘lgan
talab mustaqil ravishda korxona tomonidan rejalashtiriladi. O‘zbekiston
Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonunining 22-moddasi 1-
bandida bu xususda shunday deyiladi:
«Korxona bozor talablarini, eh-
timol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini o‘rganish, narx-navo-
ning o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot asosida o‘z ishlab chiqarishi-