ko‘rsatilishicha mehnat predmetlariga quyidagilar kiritilgan




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

ko‘rsatilishicha mehnat predmetlariga quyidagilar kiritilgan: 
- xomashyo va materiallar; 
- elektro-energiya; 
- yoqilg‘i; 
- yog‘lovchi materiallar; 
- kam baholi va tez to‘zuvchi buyumlar va boshqalar. 
Mehnat predmetlaridan samarali foydalanish natijasida ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarning o‘rtacha xarajatlari yoki tannarxlari 


236
pasayadi. Buning natijasida korxonalarning sof foydalari ortadi. Shuning 
bilan birgalikda mehnat predmetlaridan o‘rindoshlik bilan foydalanish 
oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatlari yaxshilanadi, 
xizmat qilish muddatlari esa ko‘payadi.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, tannarxning pasa-
yishi, foyda va rentabelligining oshishi, korxonani moddiy resurslar 
bilan belgilangan assortimenti va sifati bo‘yicha ta’minlanishiga bog‘liq. 
Shuning uchun sanoat korxonalari o‘z ishlab chiqarishini bir meyorda 
samarali rivojlanishini ta’minlash maqsadida uzoq muddatga mo‘ljal-
langan biznes-rejalariga asoslangan holda mehnat predmetlari bilan 
ta’minlashga alohida e’tibor beradilar, chunki hozirgi paytda mehnat 
predmetlarini yo‘qligi yoki o‘z vaqtida olib kelinmaganligi sababli 
sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati turib qolmoqda.
Korxonalarning moddiy resurslar bilan o‘z vaqtida, zaruriy 
miqdorlarda, belgilangan sifatda hamda bir maromda ta’minlanishi shu 
bilan birgalikda ulardan ratsional foydalanish pirovardida uning 
iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun har tomonlama ta’sir etadi. 
Korxonalarning rivojlanishi, taraqqiy etishi hamda iqtisodiy jihat-
dan baquvvat bo‘lishi oqibat natijada mustaqil respublikamizning 
iqtisodiyotini barqarorlashishiga zamin yaratadi. Xalqimiz turmush dara-
jasining yanada yuksalishiga har tomonlama o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi, 
o‘z navbatida, moddiy resurslardan foydalanish ko‘lamining ham 
kengayishiga olib keladi. Shuning uchun moddiy resurslardan tejab-
tergab foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
Mehnat predmetlaridan to‘liq va samarali foydalanishni ta’minlash 
uchun hozirgi davrda zamonaviy yangi texnikalardan to‘g‘ri foydala-
nish, shuningdek, samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga tezkorlik 
bilan tatbiq etishni taqozo etadi, chunki ular yordamida mehnat pred-
metlari ishlab chiqarishga sarf qilinishi, tejalishi ta’minlanadi. Ishlab 
chiqarish turli mulk shakllarini, xususan, asosiy e’tiborni nodavlat mulk-
chiligiga asoslangan korxonalarni barpo etish va rivojlantirishga qaratish 
maqsadga muvofiqdir, sababi ularda mulkka egalik qilish hissiyoti 
doimo yuqori darajada bo‘ladi. Darhaqiqat, nodavlat mulkchiligiga asos-
langan korxonalarda mehnat predmetlari ularning mulki hisoblanadi. 
Undan imkoniyat doirasida samarali foydalanishga katta e’tibor beriladi.
Moddiy resurslardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishda 
iqtisodiy tahlilning ahamiyati katta. Korxonada moddiy resurslardan qay 


237
darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarila-
yotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarni tejash maqsadida 
foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin.

Download 2,53 Mb.
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ko‘rsatilishicha mehnat predmetlariga quyidagilar kiritilgan

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish