Mahsulot sotishdan olingan foyda o‘zgarishiga quyidagi omillar
ta’sir etishi mumkin:
v
Korxonaning o‘ziga bog‘liq omillar yoki ichki omillar.
v
Korxonaning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan yoki tashqi omillar.
Korxonaning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan omillarga mahsulotlarning ish-
lab chiqarish tannarxi, hajmi, assortiment va struktura omillari kiritiladi.
Uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan yoki tashqi omillarga davlat soliq
siyosatining o‘zgarishi, baho omili va boshqa omillar kiradi.
Umumiy jihatdan olganda faqat korxonaning o‘ziga tegishli va
tegishli bo‘lmagan ta’sir omillarini tartiblash qiyin. Ularni faqat nisbiy
jihatdan qarash mumkin.
Mahsulot, ish va xizmatlarni sotilgan qatorga kiritishda bevosita
mulkiy egalik va ularni tasarruf etish shartidan kelib chiqiladi. Mahsulot,
ish va xizmatlarni sotishdan olingan yalpi foyda tahlilida bevosita
mahsulot ishlab chiqarishning marjinallik shartiga ham baho berish
377
mumkin. Mahsulot ishlab chiqarishning marjinallik sharti mahsulot, ish
va xizmatlarni sotishdan olingan tushum summasidan barcha o‘zgaruv-
chan xarajatlarni chegirishni xarakterlaydi. Bunda yangidan yaratilgan
qiymat faqat o‘zgaruvchan qiymatning o‘zidan iborat bo‘ladi, ya’ni kor-
xona marjinallik shartida kritik hajm darajasida foyda summasiga ega
bo‘lmaydi. U faqat ishlab chiqarish xarajatlarini, o‘zgaruvchan va o‘z-
garmas xarajatlarni qoplash darajasidagi mahsulot hajmigagina ega bo‘-
ladi. Mahsulot ishlab chiqarishning marjinallik sharti korxona ishlab chiqa-
rish rejasi va faoliyat natijaviyligini oldindan belgilash imkonini beradi.
Mamlakatimizda tub islohotlar davriga qadar korxonalar rejali
iqtisodiyot sharoitida o‘zlarining ishlab chiqarish moliyaviy faoliyatini
ma’muriy buyruqbozlik tamoyillariga tayanib yuritib keldi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi korxonalarda ishlab
chiqarish munosabatlarini iqtisodiyotning obyektiv qonuniyatlariga
bo‘ysungan holda tashkil etishga majbur etadi. Katta salmoqqa ega
bo‘lgan davlat korxonalarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan
chiqarish jarayoni jadal boshlanib, korxonalar turli mulkchilik shakllari
ko‘rinishida barpo etildi, o‘z navbatida bu davlatning mamlakat ishlab
chiqarishidagi hajmi qisqarishiga, uning o‘rniga nodavlat sektori ishlab
chiqarishi ulushi ortib borishiga olib keldi. Shunday qilib, xususiy
sektorni kengaytirish, kichik biznes va fermer xo‘jaliklari hamda
tadbirkorlikni rivojlantirish borasida tub qurilishga erishildi.
Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo
kengayishini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko‘tarib turishini
talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga
erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari
uchun foydalanish lozim.
Respublikamizda «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va
sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
tartibi to‘g‘risida» gi Nizom qabul qilinmasdan oldin korxonalar foydasi
quyidagi chizmadagi shakllarda hisobga olinar edi.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va xarajatlar qatoriga kor-
xonaning moliya bozoridagi faolligidan oladigan daromadlari va mulkiy
munosatlardagi ishtirokidan olinadigan daromadlar, erkin almashtirila-
digan valuta resurslarini boshqarishdan oladigan daromadlari,
korxonaning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadigan turli xarajatlar
kiritiladi. Ularning korxona hisob foydasidagi salmog‘i so‘nggi yillarda
tobora oshib bormoqda.
|