375
dan olgan yalpi foydasining 349154 ming so‘mga ortganini ham qoplab
yubordi demak, korxona ma’muriyati
birinchi navbatda davr
xarajatlarini qisqartirish choralarini ko‘rishi lozim bo‘ladi. Bundan
tashqari to‘langan soliqlarning keskin ortishiga
qanday omillar sabab
bo‘lganligini ham o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi.
90-jadval
Moliyaviy natijalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik
o‘zgarishlarining tahlili
Yil boshiga
Yil oxiriga
O‘zgarishi (+,-)
Ko‘rsatkichlar
Summa,
ming
so‘m
Soliq
to‘langun-
gacha
bo‘lgan
foydaga
nisbatan
salmog‘i,%
Summa,
ming
so‘m
Soliq
to‘langun-
gacha
bo‘lgan
foydaga
nisbatan
salmog‘i,
%
Summa-
dagi
Salmo-
g‘idagi
1. Mahsulot (ish, xizmat)-
lar sotishdan olingan yalpi
foyda
522905
189,69
872059
192,45
+349154
+2,76
2. Davr xarajatlari va aso-
siy faoliyatning boshqa
jarayonlaridan daromad va
xarajatlar
-281602
102,16
-470990
103,96
+189388
+1,8
3. Asosiy ishlab
chiqarish
faoliyatining yalpi
moliyaviy natijasi
241303
87,53
401069
88,53
+159766
+1,0
4. Umumxo‘jalik
faoliyatining yalpi
moliyaviy natijasi
275657
100,0
453044
100,0
+177387
-
5. Favquloddagi foyda va
zararlar
-
-
-
-
-
-
6. Daromad solig‘i
to‘lagunga
qadar foyda
(zarar)
275657
100,0
453044
100,0
+177387
-
7. Daromad (foyda)dan
soliq va boshqa soliqlar
245414
89,03
427644
94,39
+182230
+5,36
8. Hisobot davridagi sof
foyda yoki zarar
30243
10,97
25400
5,61
-4843
-5,36
10.4. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natija
va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning
moliyaviy natijalari tarkibida asosiy o‘rinni mahsulot (ish, xizmat)larni
376
sotishdan olingan yalpi foyda tashkil etadi. Moliyaviy natijalarning
asosiy
qismi mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan shakllanganligi
sababli tahlilda asosiy e’tibor ushbu qatorning rejaga va o‘tgan yillarga
nisbatan o‘zgarishi va omilli ta’siriga qaratiladi.
Mahsulot ish va xizmatlarni sotishdan
olingan moliyaviy natija
mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan olingan sof tushumdan shu
mahsulot ish va xizmatlarning ishlab chiqarish
tannarxini chegirish
asosida aniqlanadi. Savdo tashkilotlarida moliyaviy natijalar tovarlarni
sotishdan olingan sof tushumdan shu mahsulotlarni sotib olish qiymatini
chegirish asosida aniqlanadi.
Tahlilda sotishning uchta qatori xarakterlanadi.
1. Mahsulot ish va xizmatlarni sotishdan moliyaviy natija.
2. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va sotishdan natija.
3. Boshqa aktivlarni sotishdan olingan natija.
Ularni buxgalteriya hisobida alohida hisob obyekti yoki daromadlar-
ning yuzaga chiqish shakli yoki o‘rni sifatida tarkiblanishi belgilangan.
Bunda asosiy vositalarning hisobdan
chiqarilishi va sotilishi, boshqa
aktivlarni sotishdan olingan natijalar asosiy ishlab chiqarishning boshqa
jarayonlari sifatida qaraladi. Ularni moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hi-
sobotda operatsion daromadlar va xarajatlar qatori ko‘rsatilishi
tartib-
langan.
Mahsulot ish va xizmatlarni sotishdan olingan foyda yoki zarar
o‘zgarishida omilli tahlilga alohida ahamiyat beriladi.