370
shakliga spravka, ma’lumotnoma shaklida budjetga to‘lovlari hisobi ham
kiritilgan. Unda korxona tomonidan respublika
va mahalliy budjetga
to‘laydigan soliqlar to‘lovi bo‘yicha hisobga olingan va to‘langanligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Mahsulot (tovar, ish va
xizmat)larni sotishdan sof
tushum
-
Sotilgan mahsulot (tovar,
ish va xizmat) larning
tannarxi
Mahsulot (tovar, ish va
xizmat)
larni sotishning
yalpi foydasi
-
+
Davr xarajatlari. Asosiy
faoliyatning
boshqa
daromadlari
Asosiy faoliyat foydasi
+
-
Moliyaviy faoliyat
daromad va xarajatlari
saldosi
Umumxo‘jalik
faoliyatining foydasi
+
-
Favqulodda foyda,
zararlar
Soliq to‘lagunga qadar
foyda
-
Foyda solig‘i va yig‘imlar
Sof foyda
32
-chizma. Foydaning shakllanishi.
Foyda mulk shaklidan qat’iy nazar barcha
korxonalar faoliyatini
baholash ko‘rsatkichi va rag‘batlantirish manbayidir.
Shu tufayli faoliyatni obyektiv baholash uchun foyda tarkibi, tuzili-
shi, uni tashkil etuvchi elementlarini dinamik tarzda chuqur o‘rganmoq
lozim.
Foyda nafaqat mahsulot birligi uchun qilingan xarajatlarni
qisqartirish, balki mahsulot sotish hajmining
belgilangan assortimentda
371
ortishi, talab va ehtiyojni hisobga olgan holda yuqori rentabellikka ega
mahsulot turlarini ko‘proq ishlab chiqarishga erishishga ham bog‘liq.
Shu bois korxona faoliyatining barcha
tomonlarini ifodalovchi
ko‘rsatkichlar bilan uzviy bog‘langan holda foyda kompleks tarzda tahlil
etilishi maqsadga muvofiqdir. Foyda miqdorini tahlil etishda gorizontal
va vertikal tahlil metodlari muhim o‘rin tutadi.
89-jadval