368
- sho‘ba va qo‘shma korxonalardan olingan dividendlar;
- boshqa olingan dividendlar;
- sho‘ba va qo‘shma korxonalarga
berilgan va olingan qarzlar
bo‘yicha foizlar;
- boshqa to‘langan va olingan foizlar;
- valuta kursining o‘zgarishidan farqlar;
- moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar va xarajatlar.
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasiga moliyaviy
faoliyatdan olingan natijani qo‘shish asosida umumxo‘jalik faoliyatidan
moliyaviy natija (foyda, zarar) aniqlanadi.
5.
Umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija. Umumxo‘jalik
faoliyatidan olingan moliyaviy natija soliq to‘loviga
qadar foyda sum-
masidan yoki hisob foydasi summasidan favqulodda foyda va zararlar
summasiga farq qiladi.
Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda
summasi moliyaviy nati-
janing shakllanish qatori emas, balki uni jamlovchi qator sifatida tarkib-
lanadi.
6. Favqulodda foyda (zarar). Favqulodda foyda (zarar) – korxona
tomonidan odatiy hol hisoblanmagan va
uch yillik oraliqda bunday
faoliyat bilan shug‘ullanmagan holatlardan oladigan daromad va
yo‘qotishlar favqulodda foyda va zararlar qatoriga kiritiladi.
Favqulodda foyda va zararlar moliyaviy
natijalar shakllanishining
uchinchi tarkibi sifatida qaraladi.
Kutilmagan suv toshqini, yong‘inlar, tabiiy ofatlar ta’siridagi yo‘qo-
tishlar ham ushbu qatorga kiritiladi. Ular bo‘yicha foyda va zararlarning
boshqa shakllanish qatorlarida soliqqa tortish bo‘yicha hech qanday
farqlanish yo‘q. Agar foyda olinadigan bo‘lsa, u bo‘yicha
ham tegishli
tartibda soliq to‘lanadi, zarar olinadigan bo‘lsa, umumxo‘jalik faoliyati-
dan olinadigan foyda summasi zarar summasiga kamaytiriladi. Lekin
amaliy kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki
ularning shakllanish
ehtimoli nihoyatda qisqa yoki kam. Bo‘lgan taqdirda ham faqat zarar
shaklida bo‘lishi mumkin.