369
to‘loviga qadar foyda summasi axborot iste’molchilari e’tiboridagi va
kuzatuvidagi qator hisoblanadi. U bevosita asosiy faoliyatning moliya-
viy
natijasidan, moliyaviy faoliyatning moliyaviy natijasidan hamda
favqulodda foyda va zararlar jamlangan summasidan iborat bo‘ladi.
8. Sof foyda (zarar). Sof foyda korxona ixtiyorida qoladigan foyda
summasini ifodalaydi. Ushbu qator soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda
summasidan foyda (daromad)dan to‘langan
soliqlar va boshqa soliqli
to‘lovlarni chegirish asosida aniqlanadi.
Sof foyda korxonaning erkin tasarruf shartidagi va foydalanishidagi
foyda summasidir, lekin sof foyda summasi ham turli to‘lovlar va
ajratmalar bazasi sifatida olinishi mumkin ekan. Masalan,
korxona sof
foydasidan olinadigan ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga ajratma-
lar, futbol federatsiyasiga ajratmalar va boshqa to‘lovlar va ajratmalarni
shular qatoriga kiritish mumkin.
Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichida faqat
sotilgan mahsulotniggina ishlab chiqarish tannarxi aks etadi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi esa
uning uchun ketgan barcha
ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini o‘zida ifodalaydi.
Davr xarajatlari qatoriga sotish xarajatlari, ma’muriy
xarajatlar va
operatsion xarajatlar kiradi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar qatoriga foizlar bo‘yicha
xarajatlar, bank xizmat haqi xarajatlari,
valuta kursining tushib
ketishidan yo‘qotishlar va boshqa sarflar kiradi.
Favqulodda xarajatlar qatoriga kutilmagan holatlar ta’sirida yuzaga
keladigan xarajatlar kiritiladi.