• Foyda
  •  Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet265/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

      Bu sahifa navigatsiya:
    • Foyda
    10.2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy 
    ko‘rsatkichlari, ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiy 
    manfaatlari 
     
    Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini amalga kiritish zarurati 
    asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tu-
    shuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki 
    bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublika-
    sida hisobning o‘ziga xos xususiyatlarini qo‘llashdan iborat. Moliyaviy 
    natijalar hisobini yuritishda «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 
    1-son BHMS, «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar» nomli 
    2-son BHMS, «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli 3-son 
    BHMS, «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMS, «Inventari-
    zatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli 19-son BHMS, «Xo‘jalik 
    yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya 
    hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli 
    21-son BHMSlar uslubiy asos sifatida qo‘llanilishi mumkin. 
    Moliyaviy hisobotning betarafligi shundaki, undan ham ichki, 
    ham tashqi axborot foydalanuvchilarning manfaatlari mujassamlashgan. 
    Ichki moliyaviy tahlilda korxonada ko‘proq moliyaviy natijalarni yuzaga 
    chiqish o‘rni, shakli bo‘yicha o‘zgarishlariga ahamiyat beriladi, ya’ni 
    ularning analitik qatoriga ko‘proq ahamiyat beriladi. 
    Foyda iqtisodiy kategoriya, uning umumiy mohiyati quyidagicha 
    ifodalanadi:  
    - firma, kompaniya, korxonalarning qisqa va uzoq muddatli 
    rivojlanishining asosiy manbayi; 
    - kreditga layoqatligini ifodalovchi ko‘rsatkich ;
    - mulk egasining asosiy maqsadi;
    - raqobatga bardoshlikning mezoni;
    - ijtimoiy - ehtiyojlarni qondirishning manbayi;
    Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlar 
    moliyaviy hisobotning muhim shakli 2-shaklda «Moliyaviy natijalar 
    to‘g‘risidagi» hisobot shaklida ifodalanadi. 
    Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga 
    kirib barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladi.
    Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va uni to‘ldirish tartibi 
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 
    140-sonli buyrug‘i asosida belgilanadi.


    366

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish