• X BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING MOLIYAVIY NATIJALARI TAHLILI 10.1. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik
  • Tez likvidlik koeffitsiyenti qaysi javobda to‘g‘ri




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet261/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    16. Tez likvidlik koeffitsiyenti qaysi javobda to‘g‘ri 
    ko‘rsatilgan? 
    a) 
    Pul mablag‘lari Qisqa muddatli investitsiyalar Dеbitorlik qarzlari
    K
    ;
    Qisqa mudatli majburiyatlar
    +
    +
    =
    b) 
    Pul mablag‘lari Qisqa muddatli investitsiyalar Zaxira va xarajatlar
    К
    ;
    Qisqa mudatli majburiyatlar
    +
    +
    =
    d)
    Qisqa muddatli investitsiyalar Dеbitorlik qarzlari Zaxira va xarajatlar
    К
    Qisqa mudatli majburiyatlar
    +
    +
    =
    e)
    Pul mablag‘lari+Dеbitorlik qarzlari Zaxira va xarajatlar
    К
    ;
    Qisqa mudatli majburiyatlar
    +
    =


    361
    X BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING 
    MOLIYAVIY NATIJALARI TAHLILI 
     
     
    10.1. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik 
    yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishning 
    ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari 
     
    Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida har bir xo‘jalik 
    yurituvchi subyektning oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi bu – foyda olish-
    dir. Foyda ijtimoiy ishlab chiqarishni hamma bosqichlarining iqtisodiy 
    kategoriyasidir. Foyda iqtisodiy kategoriya va moliyaviy yakun sifatida 
    o‘zining eng yuqori ahamiyatiga bozor munosabatlari rivojlangan 
    davrida ko‘tariladi. Foydani shakllantirish, uni realizatsiya qilish bu – 
    kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishning, qiymat qonunining va xo‘jalik 
    hisobining obyektiv talabidir.
    Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo 
    kengayishini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko‘tarib turishni 
    talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga 
    erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari 
    uchun foydalanish lozim. 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va 
    boshqa faoliyatlarning natijasi sifatida foyda olish asosiy maqsad 
    hisoblanadi. Foyda olishni ko‘paytirish jamiyat manfaatiga ham mos 
    keladi, chunki, iqtisodiy faoliyatning yuqori foydaliligi individual 
    foydaning ko‘payishi bilan mamlakat milliy daromadining ortishiga olib 
    keladi. Aytish mumkinki, foyda miqdori va uning darajasi bozor 
    ishtirokchilari, ayniqsa, investorlarni harakatga keltiruvchi kuchdir. 
    Bozor ishtirokchisining manfaatdorligi foyda miqdori bilan belgilanadi. 
    Korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar qaysi tarmoq va faoliyat 
    foydani ko‘proq keltiradigan bo‘lsa, sarmoyani shu yerga joylashtirib, 
    barcha imkoniyatlarini ishga solib shu faoliyatni rivojlantirish, 
    rentabellik darajasini oshirib, ko‘proq foyda olishga intiladilar. Agar 


    362
    mazkur sohada kapital o‘zini oqlamasa, foyda keltirmasa va bozorda o‘z 
    o‘rnini topa olmasa investorlar kapitalni bu tarmoq yoki faoliyat turidan 
    olib, boshqa yanada daromadliroq bo‘lgan tarmoqqa yo‘naltiradilar. 
    Bozor ishtirokchilari, shu jumladan tadbirkorlarning manfaati xalq 
    iste’moli tufayligina ro‘yobga chiqadi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlar, 
    mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va bajarilayotgan ishlarga talab 
    bo‘lsagina ular iste’molga yo‘l oladi, boshqacha qilib aytganda, sotiladi. 
    Demak, talabsiz foyda yuzaga kelmaydi. Bozor qonuniyatining maz-
    muni ham shundan iborat va bozor sharoitida daromad olish, foyda 
    qilishning boshqacha usuli bo‘lishi mumkin emas. Foyda mexaniz-
    mining ta’siri ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar faoliyatini iste’mol-
    chi manfaatiga qaratadi, chunki shu yo‘l orqaligina foyda olishni biladi. 
    Foyda (daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti, maqsadi 
    sifatida qaraladi. Jahon amaliyotida foyda, deyilganda ko‘pincha, biznes 
    samaradorligining tadbir vositasi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar 
    va xarajatlar farqlanishidagi yuqori o‘zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi 
    quyi o‘zgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi. 
    Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijlarni xarakterlovchi foydani 
    o‘lchashga daxldor bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va 
    xarajatlarni, ya’ni foydani aniqlash va o‘lchash – korxona o‘z moliyaviy 
    hisobotini tayyorlashda foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda 
    kapitalning saqlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
    Daromadlar va xarajatalar elementlari quyidagicha aniqlanadi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tez likvidlik koeffitsiyenti qaysi javobda to‘g‘ri

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish