Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishda moliya-
viy tahlilning eng asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
· xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydalilik darajasiga baho 
berish; 
· xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalari tarkibi, 
tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish; 
· biznes-rejada belgilangan foydalilik darajasiga erishilganligi va 
unga ta’sir etgan omillarni o‘rganish hamda baho berish; 
· foydaning shakllanishi va ishlatilishining asoslanganligini 
tekshirish; 
· foydaning ko‘paygan yoki kamayganligiga mahsulot (ish, 
xizmat)lar sotishdan va boshqa faoliyatlardan erishilgan natijaning ta’sir 
etishini aniqlash; 
· xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yalpi foydasi va unga ta’sir 
etuvchi omillarga baho berish; 
· soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan foydaning shakllanishiga va 
unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish; 
· xo‘jalik yurituvchi subyektlarning sof foydasi va unga ta’sir 
etuvchi omillarni o‘rganish hamda baho berish; 
· sof foydani ko‘paytirish yo‘nalishlarini belgilab berish; 
· xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rentabellik ko‘rsatkichlarini 
o‘rganish va ularga ta’sir etuvchi omillarga baho berish; 
· xo‘jalik yurituvchi subyektlarning umumiy rentabellik darajasini 
oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishda asosiy axborot 
manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
· xo‘jalik yurituvchi subyektlarning biznes-reja ma’lumotlari; 
· xo‘jalik yurituvchi subyektlarning «Moliyaviy natijalar 
to‘g‘risida»gi hisobot (2-shakl) ma’lumotlari; 
· buxgalteriya hisobining moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi 
tegishli schot ma’lumotlari. 


365

Download 2,53 Mb.
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish